Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet174/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

c)Rivojlantiruvchi- o’quvchilarning o’tgan darslarda Yaponiya tarixi haqida olgan bilimlarini yanada oshirish;

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Yaponiyaning kuch bilan «ochilishi».

16-asrdayoq Yaponiyada xristian dinining tarqalishi taqiqlangan edi. Hukmdorlar xristian dini yapon xalqi milliy an’analarini buzuvchi, xristian missioneriarini bosqinchilarning dastlabki guruhi deb hisoblaganlar. Shu tufayli 17-asrda Yaponiya hukmdorlari mamlakatni chet elliklar uchun yopib qo’ydilar va mamlakatdagi barcha yevropaliklarni quvib yubordilar.

Syogun farmonida bunday deyilgan edi: «Shu davrdan boshlab Yaponiyaga chet ellardan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi. Hatto о’lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim».

Syogun deb kimga aytilganligi va uning hokimiyati qay tariqa o’rnatilganligini eslang.

Shu tariqa yillar ketidan yillar о’taverdi. Va nihoyat, 1854-yilda AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. 1854-yili AQSH bilan Yaponiya о’rtasida «Tinchlik va do’stlik to’g’risida» shartnoma imzolandi. Unga kо’ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini qabul qildi.

AQSHdan so’ng Yevropa davlatlari ham birin-ketin kirib kela boshladilar. Ularning maqsadlari Yaponiya bozorlarini egallash edi.  

1858-yilda amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo’yildi. AQSH fuqarolariga Yaponiyada eksterritoriallik huquqi berildi. Ayni paytda AQSH tovarlariga juda past boj to’lovlari belgilandi. Tez orada xuddi shu mazmundagi shartnomalar Yevropa davlatlari bilan ham imzolandi. Aslida bu shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi noteng shartnomalar edi. Harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon bermaslikning iloji yo’q edi.

Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy yopiqligi davri tugadi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling