Ikkinchi afyun urushi.
1856-yilda ikkinchi afyun urushi ro’y berdi. Bu safar Xitoy Buyuk Britaniya va Fransiyaning birlashgan qo’ shinlaridan qaqshatqich zarbaga uchradi. Ular Pekin bo’sag’alarida juda boy xazinalarga ega bo’lgan yozgi imperator saroyini taladilar va vayron qildilar. Mustamlakachilar Xitoyni yangi noteng shartnomalar tuzishga majbur etdilar. Chet elliklarga yana boshqa portlarda ham savdo olib borishga ruxsat etildi va yangi imtiyozlar berildi.
Xitoyga majburan qabul qildirilgan shartnomalarning notengligi, ayniqsa, shu narsada yaqqol namoyon bo’ldiki, ingliz va fransuz fuqarolari Xitoy hududida Xitoy qonunlari va sudiga bo’ysunishdan ozod qilindilar. Agar ular jinoyat qilsalar, Ularni tegishli mamlakatning elchisi о’sha mamlakatning qonunlariga binoan sud qilardi. Dengiz savdosida ustunlikni egallagan Buyuk Britaniya Xitoyda hammadan ko’proq imtiyozlarga ega bo’ldi. Dengiz sohilidagi katta shaharlarda maxsus vujudga keltirilgan kvartallarda faqat ajnabiylar yashashar, xitoy ma’murlari esa bu yerlarga kira olmas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |