c)Rivojlantiruvchi- o’quvchilarning Afg’aniston va bu mamlakatning mamlakatimiz tarixi bilan bo’g’liq bo’lgan tarixi to’g’risida ma’lumot berish;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Mustaqillik uchun kurash.
16-asrdan boshlab afg’onlar Eron safaviylariga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib borganlar.Asosiy savdo yo’llarini 1649-yilda Eron safaviylari egallab oldi va bu holat 1709-yilgacha davom etdi. Eron bosib olgan hududlarda, bir tomondan, afg’on qabilalarini bir-biriga gijgijlash yo’li bilan ularni kuchsizlantirishga uringan bo’lsa, ikkinchi tomondan qabilalar hukmdorlariga turli xil unvonlar va ycr-mulklar berish evaziga ular bilan kelishish siyosatini yuritdi. Biroq bu siyosatdan ko’zlangan maqsadga erishilmagan.Aksincha, afg’on qabilalari о’z mustaqilliklari uchun qattiq kurash olib bordilar.Biroq bu davrda Eronda hukmron sulola chuqur tushkunlik davrini boshdan kechirayotgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |