Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Afg’oniston davlatining tashkil topishi


Download 185.41 Kb.
bet186/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Afg’oniston davlatining tashkil topishi.

1741-yilda Nodirshoh vafot etgach, zulmga asoslangan imperiya ham parchalandi. Bu davda Boburiylar imperiyasi yashayotgan bo’lsada, amalda u hech qanday kuchqudratga ega emas edi. Shu tariqa Afg’oniston davlatining tashkil topishi uchun qulay tashqi sharoit yetildi.

1747-yilda afg’onlarning abdali qabilasi boshlig’i Ahmadxonni qabila xonlarining jirg’asi (kengashi) Afg’oniston shohi deb e’lon qildi. Ahmadshoh qisqa vaqt ichida mamlakat hududini bosib olingan о’lkalar hisobiga kengaytira oldi. Bu g’alabalar evaziga u o’ziga «Durri-Duron» unvonini qabul qildi va abdali qabilasining nomini durroniy nomi bilan о’zgartirdi. Markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslik harakati va bosib olingan o’lka xalqlarining doimiy qo’zg’olonlari oqibatida Durroniylar sulolasining hukmronligi zaiflashdi. Ahmadshohning vorislari bu ikki omilga qarshi qanchalik kurashmasinlar, ularni bartaraf eta olmadilar. Ahmadshohning nabirasi Zamonshoh (1793-1801) bobosining harbiy yurishlarini davom ettirishga urinib ko’rdi. Ma’lum darajada bunga erishdi ham.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling