Durroniylar sulolasi hukmronligining barham topishi.
Biroq, Zamonshoh ham ichki o’zaro nizolami bostira olmadi. Aksincha, uning o’zi ham fitna qurboni bo’ldi. Bu davrda vorislar o’rtasidagi toju taxt kurashi ham avj oldi.
Bundan boshqa qabilalar xonlari foydalanishga urindilar. Chunonchi, barakzaylar yetakchisi Fathxon taxt uchun kurashda hali u vorisni, hali bu vorisni qo’llab, davlatda bosh vazir lavozimini egallab oldi.
U 1809-yildan boshlab butun davlat ishlarini amalda o’z qo’lida to’plashga erishdi. U yirik harbiy sardorlardan biri, ukasi Do’st Muhammadxon yordamiga tayanardi. Ular Afg’onistonning deyarli barcha yirik viloyatlari hokimlarini o’zlariga qarashli kishilardan tayinlanishiga erishdilar.
Uzoq davom etgan o’zaro shafqatsiz ichki kurashlardan so’ng 1826-yilda Do’st Muhammadxon Afg’oniston taxtini egalladi va о’zini amir deb e’lon qildi. Shu tariqa Durroniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Mamlakatda Barakzaylar sulolasi hukmronligi o’rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |