Qo’zg’olonning yengilishi sabablari.
Bobiylar qo’zg’oloni nega mag’lubiyatga uchradi? Uning asosiy sababi bobiylar ta’limotining islom dini asoslariga zidligi edi.
Bundan tashqari, qo’zg’olon puxta uyushtirilmagan, tarqoq holda olib borildi. Shuningdek, qo’zg’olon aholining asosiy qismini tashkil etuvchi dehqonlarning katta qismi tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi.
Qolaversa, qo’zg’olonchilar qat’iy harakat qilmadilar. Ular ko’p hollarda bosib olgan shahar yoki qal’alar bilan cheklanib qoldilar hamda shoh qo’shinining hujumini kutib turish taktikasini qo’lladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |