Eron Buyuk Britaniya urushi.
Buyuk Britaniya Eronning kuchsizlanib qolganligidan foydalanishga qaror qildi. О’rta Osiyodagi bosqinchilik maqsadlarida Hirot shahrining katta ahamiyatga ega ekanligini unutmagan Buyuk Britaniya 1853-yilda Eronni rasran Hirotga da’ vosidan voz kechishga majbur etdi.
Biroq 1856-yilda Eron Hirot shahrini bosib oldi. Eronning Hirotni bosib olganligiga javoban Buyuk Britaniya Eronga urush e’lon qildi. Ikki davlat о’rtasida boshlangan harbiy harakatda Eron mag’lubiyatga uchradi.
1857-yilda Buyuk Britaniya va Eron о’rtasida Parij Tinchlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko’ra, Eron Hirotga va Afg’onistonning boshqa hududlariga bo’lgan da’vosidan butunlay voz kechdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |