Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet204/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Utopik sotsializm.

Utopik sotsializrning G’arbiy Yevropadagi yirik vakillari fransiyalik Sen-Simon, Shari Furye va buyuk britaniyalik Robert Ouenlar edi. Ular o’zlari yashayotgan jamiyatning illatlarini va adolatsizligini ayovsiz tanqid qildilar. Utopik sotsialistlar badavlat tabaqalarning hokimiyatini, ularning shafqatsizligini va ochko’zligini hamda bosqinchilik urushlarini qoraladilar. Hukmron tabaqalarni xususiy mulkchilik о’rniga umumiy mulkchilikni joriy etishga, jamiyat boyliklarini adolatli taqsimlashga, bosqinchilik urushlariga chek qo’yishga va shular orqali mehnatkash xalqning kulfatlariga barham berishga da’vat etdilar. Mulkdor hukmron tabaqalar mehnatkashlarga jabr-zulm o’tkazish axloq va adolatdan emas, deb nasihat qildilar.

Sh. Furye mavjud adolatsiz jamiyat о’rniga mehnat jamoalariga

asoslangan jamiyat qurishni taklif etdi. U bunday jamoani falanga deb atadi. Falangada mehnatga yaroqli barcha kishilar mehnat qilishlari shart edi. Ular birgalikda sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishlari hamda umumiy uyda yashashlari zarur edi. Shunday qilingandagina mehnat quvonch va zavq manbaiga aylanardi.

R. Ouen esa katta mulkdor bo’lganligi uchun о’z fabrikasida ishlayotgan ishchilarning ish vaqtini qisqartirdi, ularga yaxshi mehnat sharoiti yaratib berdi hamda yaxshi ish haqi to’ladi. Ishchilarning bolalari uchun yasli va bog’chalar ochdi. Keksalarga esa pensiya tayinladi. U boshqa mulkdorlar ham mendan namuna oladi, deb о’ylagan edi. Biroq uning o’ylari puch bo’lib chiqdi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling