Rossiyada ijtimoiy harakat.
Rossiya imperiyasidagi ijtimoiy harakatning yetakchi arboblari V. Belinskiy va A. Gersenlar edi. Ular 19-asrning 40-50-yillarida ijod qildilar. V. Belinskiy podsho hokimiyati va krepostnoylikni tugatish lozim, deb hisobladi. Jamiyatga aql-idrokka va adolatga mos keluvchi qonunlar kerakligi to’g’risidagi g’oyalarni ilgari surdi. Podsholik hokimiyatiga va krepostnoylikka qarshi kurash xalq orasida ma’rifat tarqatishdan boshlanishi kerak, deb hisobladi.
A. Gersen ham barcha mehnat qiladigan jamiyatning tarafdori bo’lgan. Uning fikricha, Rossiyadagi dehqonlar jamoasi sotsializrning asosi bo’lishi lozim edi. Dehqonlarga ajratib berilgan yer o’sha qishloq jami aholisining mulki hisoblanardi. Bu yer vaqti-vaqti bilan dehqon xonadonlari о’rtasida oiladagi erkaklar soniga qarab qayta taqsimlanishi, o’rmon, yaylov va suv jamoaning umumiy mulki bo’lishi lozim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |