Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Fanning boshqa sohalaridagi kashfiyotlar


Download 185.41 Kb.
bet209/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Fanning boshqa sohalaridagi kashfiyotlar.

Yerosti foydali qazilmalariga talabning tobora ortib borishi yer qobig’i xossalarini о’rganish zaruratini vujudga keltirdi. Natijada qator tog’ jinslarining vujudga kelish jarayoni aniqlandi. Bu esa Yer haqidagi fan geologiyani rivojlantirishga imkon berdi.

Meditsina (tibbiyot) sohasida ham muhim kashfiyotlar amalga oshirildi. Chunonchi, 17-asrda golland olimi A. Levenguk 300 marta kattalashtirib ko’rsatadigan mikroskop yaratdi. Bu esa inson tanasi, о’ simliklar, hay von dunyosi tuzilishini batafsil о’rganish va bakteriyalar (juda mayda organizmlar)ni aniqlash imkonini berdi. Keyinchalik mikroskop yordamida ko’pgina bakteriyalarning ko’p kasalliklarga sababchi ekanligi isbotlandi.

18-asrda ingliz shifokori E. Jenner odamga chechak kasali sigirdan yuqsa uning yengil o’tishini, so’ngra bu kasalni yuqtirgan kishiga chechakka qarshi immunitet pay do bo’lishini, ya’ ni unga chechak kasali boshqa yuqmasligini aniqladi. Ana shu kuzatishlarga asoslanib, Jenner chechakka qarshi emlash usulini kashf etdi. Bu esa millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi.

1846-yilda osmonni teleskop orqali kuzatish yordamida Neptun sayyorasi kashf etildi. Quyosh va Oy tutilishlarining muddatlarini aniqroq hisoblab chiqish va oldindan aytib berish ham ilm-fan qudratining yaqqol dalili bo’ldi. Ilgari Quyosh va Oy tutilishi xurofotchilarni dahshatga solar edi. Astronomiya ma’lumotlaridan kalendar (taqvim), geografik xaritalar tuzishda, dengiz kema qatnovida foydalanildi. Astronomiya odamlarning dunyoqarashiga ham katta ta’sir ko’rsatdi.

1842-yilda ingliz fizigi D. Joul va nemis fizigi Y. Mayer tajribalar yo’li bilan energiyaning saqlanish qonunini asoslab berdilar. Kimyoviy elementlar atom og’iriigining ortib borishi tartibida joylashtirilsa, ularning xossalari davriy tarzda takrorlanishi aniqlandi. Shu qonunga asoslanib buyuk rus olimiD. I. Mendeleyev 1869-yilda elementlarning davriy tizimini yaratdi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling