Transport va aloqa.
19-asr transport sohasida temir va bug’ asri bo’lib qoldi. 1840-yilda jahon mamlakatlarida barcha temiryo’Uaming uzunligi 7700 km ni tashkil etardi. Uning katta qismi Buyuk Britaniya va AQSH hissasiga to’g’ri kelardi. 19-asr 40-yillardan temiryo’1 qurilishi Germaniya va Fransiyada ham boshlandi. 1870-yilga kelib jami 200 ming km temiryo’1 qurilgan edi.
19-asrning 20-yillaridan bug’ mashinalari bilan harakatga keltiriladigan g’ildirakli daryo paroxodlaridan keng foydalanila boshlandi. Keyinroq, 30-yillarning oxiriaridan g’ildirakli paroxodlar okean orqali Hindiston va Amerikaga qatnay boshladi. Bora-bora g’ildiraklar o’rninieshkakvintlaregalladi. 50-60-yillardaG’arb mam-lakatlarida yelkanli dengiz floti o’z o’rnini paroxodlargabo’shatib bera boshladi. Aloqa vositalari ham takomillashtirildi. Elektr simli telegraf kashf etildi. Morze alifbosi ixtiro qilindi va harf bosuvchi qurilmalar yaratildi. 19-asrning o’rtalarida quruqlikdagi telegraf liniyalardan tashqari suv osti kabellari ham yotqizila boshlandi. Buyuk Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli 60-yillarning oxirida о’tkazildi. Telegrafning vujudga kelishi elektrdan amalda foydalanishning asosiy sohasibo’ldi. Texnika muvaffaqiyatlari 18-asring ikkinchi yarmida va 19-asrda mehnat unumdoriigini g’oyatda oshirish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |