Yevropaning mashhur musiqachilari.
Bu davrning mashhur musiqachilari: nemis kompozitorlari I. Bax (1685-1750), V. Motsart (1756-1791) va L. Betxoven (1770-1828)lar edi. Baxning xor, solistlar va orkestr uchun yozgan ulkan asari «Matveyning uqubatlari» deb ataladi. Unda Isoning shogirdi Matvey hikoya qilib bergan Isoning uqubatlari tarannum etilgan. Injildagi rivoyat asosida Bax odamlami qutqaiish uchun о’zini qurbon qilgan qahramon dramasini bay on etgan.
V. Motsartni zamondoshlari «18-asring haqiqiy mo’jizasi» deb atashgan. Haqiqatan ham shunday. Chunonchi, u 3 yoshidan boshlab musiqa о’rgana boshlagan. 5 yoshida о’zining birinchi konsertini yozgan. 12 yoshida yozgan operasi Milan (Italiya) teatrida qo’yilgan. 14 yoshida esa Italiyadagi eng obro’li musiqa akademiyasining a’zosi etib saylangan.
1786-yilda yuqorida nomi qayd etilgan Bomarshening «Figaroning uylanishi» komediyasiga bastalangan opera qo’shiqlari va musiqasi mashhur bo’lib ketdi. Uning so’nggi asari «Rekviyem» (Sokinlik) edi. U cherkovlarda marhurning xotirasiga bag’ishlab ijro etiladigan hayot va o’lim, inson qismati haqidagi asardir. Betxoven ayanchli hayot kechirdi.U eshitish qobiliyatini deyarli yo’qotgan edi. Shunday bo’lsa-da, kompozitor taslim bo’lmadi. U mashaqqatli ijod yo’lida о’zi bilan о’zi kurash olib bordi. Natijida Betxoven barchani hayratga soladigan musiqalar yaratdi. 36% V. A. Motsart. Ular ichida «Fantaziya yo’lida sonata» va «Qahramonnoma simfoniya»si kabi asarlari, ayniqsa, mashhurdir. Simfoniya markazida bo’ysunmas, isyonkor, taqdiming hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo’rqmas inson obrazi turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |