Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari


Download 185.41 Kb.
bet212/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Adabiyot.

Bu davming ko’zga ko’ringan ma’rifatchi yozuvchilaridan biri Daniel Defo (1660-1731) edi. Uning «Robinzon Kruzoning hayoti va g’aroyib sarguzashtlari» asari hamon sevib o’qiladi. Shotlandiyalik dengizchi A. Selkiikning kimsasiz oroldagi 4 oyga yaqin sarguzashtlari yozuvchining qalamida 28 yillik g’aroyib sarguzasht bayoniga aylangan.

D. Defoning qahramoni Robinzon Kruzo ishbilaimon, mchnatscvar, o’z kuchigaishonuvchi inson.

Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik bilan uy quradi, idish-tovoq tayyorlaydi. Mebel yasaydi, hayvonlarni o’ziga o’rgatadi va ularni ko’paytiradi. Robinzon boshqalarni ham ishlashga majbur qila oladi. Bunga o’limdan qutqarib qolingan yovvoyi Jumavoy obrazi misoldir. Robinzon uni o’ziga xizmatkor qilib oladi. Robinzon yangi shakllanayotgan qatlam burjuaziya vakili obrazidir. Unda uchinchi tabaqa vakilining uddaburonligi va sog’lom fikri aks etgan. Asar mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo’lib qoldi.

Bu davrning yana bir mashhur yozuvchisi J. Svift (1667-1745) edi. 1726-yilda uning Sizga ma’lum «Gulliverning sayohati» nomli romani bosmadan chiqdi. Romanda liliputlar mamlakatini «Olarning quvonchi va dahshati» deb ataluvchi ushoqdekkina bir maxluq boshqaradi.  

Liliput aslida ingliz cheklangan (konstitutsiyaviy) monarxiyaning,

«Olarning quvonchi va dahshati» esa ingliz qirolining karikaturasi edi.

Asardagi «Ulkanlar mamlakati»ning ma’rifatli monarxi esa dono, saxiy. U olim, urushni qoralovchi, san’atni sevuvchi, ilm-fanga homiylik qiluvchi, ayni paytda, aqlli tartib o’rnatishga harakat qiluvchi hamdir.

Fransuz yozuvchisi P. Bomarshe (1732-1799) ma’rifat asrining so’nmas vakillaridan biri edi. U mashhur «Figaroning uylanishi» komediyasining muallifidir. Asar qahramoni Figaro chaqqon, yoqimtoy va hazilkash xizmatkor. U «dunyo zo’rlari»ning kirdikorlarini masxara qilib hazillashadi. Jahldorlardan qo’rqmaydi. Qashshoq bo’lsa-da, o’zining insoniy qadrini sotmaydi.

Komediya Parij teatriarida katta shuhrat qozondi. Figaroning mavjud tuzum kirdikorlarini fosh qiluvchi o’tkir so’zlari hech kimni befarq qoldirmagan. Hatto, qirol Lyudovik 16 bu asar haqida g’azab bilan: «Buni sahnada qo’yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!», deb xitob qilgan edi. Bu go’yo bir bashorat edi. Chunki bu xitoblardan bir necha yil о’tgach qirolning bu mahbuslar zindoni Bastiliya inqilob natijasida qulaganligiga taiix guvoh.

Yana bir ajoyib yozuvchi F. Shiller (1759-1805) Germaniyada ijod qildi. Bu davrda Germaniya 300 ga yaqin mayda-mayda knyazliklarga bo’linib ketgan edi. U yozgan pyesalar nemis xalqi uchun o’ziga xos ma’rifat alifbosi vazifasini o’tadi. Teatr o’rindiqlarini to’ldirib o’tirgan tomoshabinlar yoqib qolgan qahramonlari bilan birga zulmdan ozod bo’lishni orzu qilgan lar. Tomoshabinlar obro’li, aslzodalaiTiing, aslida esa muttahamlarning ayyorligidan g’azablanganlar. Oshiq qalblarning halokatiga esa achchiq-achchiq yig’laganlar.

Asar qahramonlaridan biri Karl Moor o’zi yashayotgan dunyoning bezagi va pastkashligiga qarshi urush e’lon qilib bunday deydi: «Menga xuddi o’zimdek bir necha shoir kishilarni beringlar va Germaniya Respublika bo’ladi». U insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida himoya qilgan:

Inson qahrliroq siz о’ylagandan, Asrlik uyquning yo’lin buzib иО’zining huquqini so’rar qaytadan.Bu davrda yana bir mashhur nemis shoiri I. Gyote (1749-1832) yashadi va ijod qildi. U о’zining «Faust» deb ataluvchi mashhur asarini avlodlarga meros qilib qoldirdi. «Faust» jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Shoir bu falsafiy asarni 60 yil davomida yaratdi. Asar inson kurashining buyukligini tasdiqlaydi va ma’rifat asrini yakunlaydi.

Keksayib qolgan Faust mangu haqiqatni anglashga yetib keladi va bunday deydi:Faqat shu munosib hayot va erkka,

Kim har kип ular-chun kurashga kirsa.Onore de Balzak. 19-asrning birinchi yarmida ijod qilgan yozuvchilardan biri fransiyalik Onore de Balzak (1799-1850) edi.U burjuaziya jamiyatini haqqoniy tasvirlashda beqiyos yozuvchi bo’lgan.Balzak o’zasarlarini «Insoniy komediya» degan umumiy nom ostida yaratdi.Uning maqsadi badiiy obrazlar orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasini ochib berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning tipik vakillarini kо’rsatishdan iborat edi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling