Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet203/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

c)Rivojlantiruvchi-o’quvchilarda ijtimoiy fikrni shakllantirish;

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

G’arbiy Yevropada ijtimoiy harakat.

Ijtimoiy harakatlar deyilganda, jamiyatning mehnatkash aholisi katta qismining ehtiyojlari va manfaatlari yo’lida ixtiyoriy ravishda xizmat qilish tushuniladi. Bun day harakat barcha zamonlarda mavjud bo’lgan. Ular bir-biridan mazmun va maqsadiga kо’ra farq qilgan. Ana shunday harakatlardan biri sotsialistik harakat edi. Bu harakat tarafdorlari sotsialistlar, ular orzu qilgan va kurashgan kishilik jamiyati esa sotsializm yoki sotsialistik jamiyat deb atalgan.

Sotsialistlar jamiyatdagi xususiy mulkni umumxalq mulkiga aylantirish orqali kishilarga erkinlik, tenglik, farovonlik va baxt-saodat beradigan jamiyatni sotsialistik jamiyat deb hisoblaganlar. «Sotsializm» atamasi 19-asring 30-yillarida Fransiyada paydo bo’lgan.

Sotsialistik jamiyat tarafdorlari xususiy mulksiz jamiyatni adolatli jamiyat deb ham hisoblaganlar. Xo’sh, sotsialistik jamiyat haqidagi ta’limot qanday vujudga kelgan? Siz o’qib-o’rgangan tarix darsliklaringizda mehnatkash xalqning ahvoli og’ir kechganligini, ularning xor-zorlikda yashaganliklarini bilib oldingiz. Dastlab Yevropada tarkib topgan kapitalizm jamiyati ham bundan xoli bo’lmagan. Binobarin, insoniyat bugungi to’kin-sochin hayotga osonlikcha erishgan emas.

Fabrika, zavod, shaxta va ruda konlarida kunlik ish vaqti 12-15 soatni tashkil etgan. Ularning egalari kapitalistlar ishchilarni ekspluatatsiya qilishni tobora kuchaytirganlar. Ishchilarga juda kam ish haqi to’laganlar. Xotin-qizlar va hatto yosh bolalarning mehnatidan ham keng foydalanganlar. Ish haqini esa katta yoshdagi erkak ish-chilarga nisbatan juda kam to’laganlar. Mehnatni muhofaza qilish choralari ko’rilmagan. Natijada ishchilarning ishlab chiqarish j arayonida mayib-majruh bo’lib qolish holatlari borgan sari kо’payib borgan. Buning ustiga, fabrika ishlab chiqarishining o’sishi bilan hunarmandlar xonavayron bo’lganlar. Ishsizlikkuchaygan, ishchilarning ahvoli tobora yomonlashgan. Iqtisodiy inqiroz yillarida esa ishchilar

va hunarmandlarning qashshoqligi yanada kuchaygan. Bu hodisalar ilg’or kishilami xususiy mulkdan, yollanma mehnatga asoslangan ishlab chiqarishdan va uni vujudga keltirgan jamiyatdan hafsalalarini pir qilgan. Mehnatkash xalqning og’ir ahvoli ularni tashvishlantirgan, qayg’uga solgan va adolatli jamiyat haqida o’ylashga majbur etgan. O’zlari adolatli deb hisoblagan jamiyatning belgilari va unga erishish yo’llari haqidagi qarashlarini ilgari surganlar.

Yevropada bunday g’oyalami ilgari surgan kishilar utopik sotsialistlar deb, ularning ta’limoti esa utopik sotsializm deb atalgan.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling