Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet200/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Liberiya.

Xo’sh, Afrikada mustaqil Liberiya davlati qay tariqa tashkil topgan edi? Uning tashkil topishi AQSHda qulchilikka qarshi kurash bilan bog’liqdir. 1816-yilda AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi. Natijada, 1821-yilda Gvineya qirg’oqlarida 13 ming km2 yer maydoni sotib olindi. U yerda Monroviya (AQSH Prezidenti Monro nomidan olingan) manzilgohi tashkil etildi va Amerikaning sobiq qul negrlaridan bir qismi bu yerga joylashtirildi. Joylashib olgan sobiq qul negrlar manzilgoh hududini tobora kengaytirib bordilar. 1847-yilda esa Liberiya (erkin) davlati tuzilganligini e’lon qildilar.O’z davlatlarida G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning ilg’or andazalaridagi tartib-qoidalami joriy etdilar. Mamlakat konstitutsiyasi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini, yashash, erkinlik, xavfsizlik va baxt har bir fuqaro huquqi ekanligini e’lon qildi. Ayni paytda xalq hokimiyatning manbai ekanligi, e’tiqod erkinligi, matbuot va so’z erkinligi, sudning mustaqilligi tamoyillari ham belgilab qo’yildi. Liberiya Buyuk Britaniya va Fransiya о’rtasidagi raqobat munosabatlaridan ustalik bilan foydalanib, o’z mustaqilligini saqlab qola oldi.



Efiopiya.

19-asrda ham Efiopiyada о’rta asr munosabatlari hukm surardi. U bir necha knyazliklar birikmasidan iborat davlat edi. Ularning har biri о’z qo’ shiniga ega bo’lgan. Bu knyazliklar nomigagina markaziy hokimiyatni tan olganlar. Yevropa davlatlari ana shu omildan foydalanishga uringanlar. Mamlakatni chet ellik dushmanlar bosib olish xavfi tobora kuchayib bordi.Shunday bir sharoitda Efiopiya siyosiy tarixi maydonida kichik yer egasining o’g’li Kasa paydo bo’ldi. U Efiopiyani yagona davlatga birlashtirdi va 1855-yilda o’zini imperator deb e’lon qildi. U yaxshi harbiy tayyorgarlik ko’rgan qo’shin tuza oldi. Yirik feodallarni o’z qurolli kuchlariga ega bo’lish huquqidan mahrum etdi. Mamlakatda iqtisodiy otni kо’tarishga qaratilgan qator islohotlar о’tkazdi. Imperator har bir fuqaroni o’zlari oldin shug’ullangan mehnat faoliyatini davom ettirishga chaqirdi.

Biroq uning islohotlari yirik feodallar va cherkovning qarshiligiga uchradi. Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan 1867-yilda Kasa hokimiyati ag’darildi. Biroq Buyuk Britaniya Efiopiyada mustahkamlanib ola olmadi. Efiopiya xalqining о’zgalarga qaram bo’lmaslik yo’lidagi irodasi Buyuk Britaniyaning harakatlarini yo’qqa chiqardi. Shu tariqa Efiopiya ham о’z mustaqilligini saqlab qoldi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling