Janubiy Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi.
19-asr boshlarida Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadagi gollandlarga qarashli Kар koloniyasini bosib oldi. Koloniya aholisi burlar deb atalardi. Burlar-Janubiy Afrikadagi golland, fransuz, nemis mustamlakachilarning avlodi edi.Burlar endi u yerdan kо’chishga majbur bo’ldilar. Ular yangi joyda ikkita davlat tuzdilar. Ulardan biri Erkin Oranj Respublikasi, ikkinchisi esa Transvaal deb ataldi. Burlar mahalliy aholiga nisbatan o’ta shafqatsiz munosabatda bo’ldilar. Buyuk Britaniya bu ikki davlatning paydo bo’lishini istamasa-da, 1852-yilda Transvaalni, 1854-yilda esa Erkin Oranj Respublikasini vaqtincha bo’lsa-da, tan oldi. Fransiya mustamlakalari. Misrda 18 19-asriar chegarasida mamluk jangchilar (asosan, qullikka tushirilgan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi) va mahalliy aholi mamlakatga bostirib kirgan Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo’shiniga qarshi kurashda qatnashdi. Fransuz qo’shinlarining qolgan-qutgani taslimbo’lganidankeyin misrliklar Buyuk Britaniya qo’shinini hay dab chiqarish uchun kurashdilar. Rasman Misr Usmonli turklar imperiyasining oliy hokimiyati ostida bo’lsa-da, amalda deyarli to’la mustaqillikni saqlab qolgan edi. Fransiya 1830-yilda Jazoirni bosib oldi. Jazoir aholisi fransuz mustamlakachilariga shiddatli qarshilik ko’rsatdi. Istilochilarga qarshi milliy-ozodlik kurashini olib bordi. Bu kurashda jazoirliklar yo’lboshchisi Abdulqodir alohida rol о’ynadi.
1847-yilda Abdulqodir qo’shini qurshab olindi va tor-mor etildi. Abdulqodirning о’zi halok bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |