O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZILIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQ TA’LIMI KAFEDRASI
MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI BAKALAVR YO‘NALISHI
“TARBIYA” FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: Diniy qadriyatlar – shaxs ma’naviyati shakllanshi mezoni
Bajardi: Jovliyev Ravshan
Ilmiy rahbar: _______________
Mundarija
Kirish 3
I BOB. Diniy qadriyatlarning shaxs ma’naviyati shakllanishidagi o‘rni. 5
1.1. Zardushtiylikda shaxs ma’naviyatining shakllanishi omillari 5
1.2. Islomda shaxs ma’naviyati masalalari 8
1.3. Hadislarda shaxs ma’naviyati tarbiyasi 11
II BOB. Diniy qadriyatlar – ma’naviyat o‘chog‘i 14
2.1. Islom dinida shaxs ma’naviyati shakllanishining o‘ziga xos jihatlari 14
2.2. Diniy qadriyatlar – shaxs kamoloti shakllanishining tarkibiy asosi 17
Xulosa 20
Foydalanilgan adabiyotlar 22
Kirish
Diniy qadriyatlar va uning shakllanishining milliy xususiyatlari “Aslini olganda axloq-ma’naviyatning o‘zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomalalikdangina iborat emas. Axloq-bu, avvalo insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani”1.
Uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi nafaqat tarixiy jihatdan tafakkur taraqqiyoti jihatidan ham murakkab jarayonni bosib o‘tdi. O‘zbek xalqining millat sifatida shakllanishi milliy tafakkur shakllanishining tarixiy bosqichlarini mazkur paragraph doirasida qamrab olish imkoniyati cheklangan. Lekin milliy tafakkur taraqqiyotida muhim bo‘lgan ayrim jihatlarni tahlil qilish o‘zbek mentalitetida axloqiy madaniyat sifatida shakllanish va saqlanib qolish, o‘zlikni anglash jarayoniga butun tarix davomida ta’sir etib turganini ko‘rsatib turishi mumkin. Qolaversa “jamiyatning buguni va kelajagi uning o‘tmish mohiyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham o‘tmishni to‘g‘ri baholash faqatgina nazariy vazifa emas. Jamiyatning bugungi amaliy vazifalarini hal etishda o‘tgan avlodlarning ijtimoiy tajribalarini ijobiy yetkazib berish insonlarning o‘z tarixlri hamda madaniyatlariga nisbatan qadriyatiy munosabatlarining to‘g‘ri shakllanishi uchun ham muhim va zarurdir”.
O‘zbek milliy qadriyatlari shakllanishi tarixida ham milliy ma’naviy merosimiz “Avesto”, uning vujudga kelishi va u bilan bog‘liq tarixiy shaxslar haqidagi ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etgan2.
2001-yili mamlakatimizda uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan ma’naviy qadriyatlardan biri zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avestoning 2700 yilligi nishonlandi. Zardushtiylikka ta’rif berishda uning hozirgi zamondagi ahamiyati ko‘rsatishda davlatimiz rahbari Islom Karimovning bu din va uning muqaddas yozuvi “Avesto” haqidagi mazmunan teran, shaklan sayqal topgan fikrlari biz uchun nazariy asosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |