Mustaqillik uchun kurash.
1763-yilda qirol mustamlakalardagi yevropaliklarning Amerika g’arbiga siljishini taqiqlovchi qaror chiqardi. Bu qaror mahalliy hindular bilan urush kelib chiqishining oldini olishi kerak edi. Mamlakat g’arbida juda kо’p yerlar bo’ sh yotardi. Kо’chib borgan yevropaliklar qirol hukumatining taqiqlov qarorini о’zlarining haq-huquqlarini nazar-pisand qilmaslik, deb qabul qildilar.
Metropoliyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashish maqsadida 1765-yilda amerikalik inglizlar «Ozodlik farzandlari» deb ataluvchi tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot metropoliyadan olib kelinayotgan ingliz
tovarlarini boykot qilish harakatini boshqarib turdi. Bunga javoban metropoliya hukumati mustamlakalar savdo portlarini yopib tashladi. Bu hoi mustamlaka shtatlar iqtisodiy ahvolining yomonlashuviga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |