Mavzu: 1-2-sinf matematika o‘qitish jarayonida ekologik tarbiya berish metodikasi. Mundarija: kirish I bob. 1-sinf matematika darsliklarining tuzilishi, mazmuni


Download 57.61 Kb.
bet4/8
Sana14.05.2023
Hajmi57.61 Kb.
#1462208
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-2-SINF MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI

II BOB. 1-2-SINF MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.
2.1. 1-2-sinf matematika o‘qitish jarayonida ekologik tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Ekologik ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo'layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o'rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, echish yo'llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo'lgan holda atrof muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta'lim tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o'rtasidagi munosabatlarni chuqur o'rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash;
2. ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo'naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tayyorlash;
3. har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o'zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarni saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni etishtirish;
4. jamiyat a'zolariga o'zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog'larning go'zalligi, ularning inson xayoti va saloamatligidagi ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog'cha tarbiyachilari, maktab va o'quv yutrlari o'quvchilari, turli o'yinlar, kinotfilmlar orqali tabiiy va ijtimoiy fanlarni o'tishda o'zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog'lab, ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishi xamda darslar o'tishi kerak.
Shunday ishlar amalga oshirilganda har bog'cha bolasi, maktab o'quvchisi va talabalar o'simlikning qurishi, qushning ucholmasligi, adir yoki to'qayning yonishi, suvning befoyda oqishiga befarq bo'lmaydi. Tabiat, uning jonzotlariga, o'zi ichadigan suvga nisbatan joni achiydi, ahvolni yaxshilash uchun ichki intilish tuyg'usi vujudga keladi. Bu esa insondagi yangi biologik kuchdir. Uning yangi aql-zakovatining inqilobi, ekologik ta'lim-tarbiyaning g'alabasi bo'ladi.
Ekologik ta'lim asosida inson, jamiyat a'zolarini tabiat va uning boyliklarini saqlash, tejamkorlik bilan foydalanishda to'g'ri va oqilona yo'l tutishi, amaliy ishlarni muhit muammolarini echishga bag'ishlashi, shaxsning ekologik ta'limoti, tarbiyasi va madaniyatiga befarqdir.
Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o‘zgarib bormoqda. Yashil o‘rmonlar siyraklashib, o‘simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv xavzalari va atmosfyera havosining ifloslanishi, chiqi ndi moddalarni ng ortib borishi natijasida aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash, enyergiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turg‘un bo‘lgan tabiiy holatga putur etmoqda. Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o‘zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlari va atrof-muhit o‘rtasida bo‘ lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, xajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo‘llarini o‘zlashtirishdan iboratdir. Inson tabiatga, o‘zini o‘rab olgan muhitga nisbatan o‘z munosabatini o‘zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, o‘rganishi va ular asosida o‘z hayotini rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo‘llarini ishlab chiqish kyerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi va shu ofatlardan halok bo‘ladi. Ekologik ta‘lim va tarbiyaning tub ma‘nosi - tabiat va jamiyat o‘rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bug‘luvchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o‘rganish, hayotga tatbiq qilishdan iboratdir. Ekolgik ta‘lim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo‘ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq odob yuzasidan halqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish, bog‘u-rog‘lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg‘ otishdan iboratdir. Insonni o‘rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini biladigan, undan tejamkorlik bilan foydalanadigan, saqlaydigan, tabiat boyligiga, go‘zalligiga qo‘shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni etishtirish - bu ekologik tarbiya maqsadi. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan Sharq al lomalaridan Muhammad Muso al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Byeruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e’ zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Tabiatshunoslikka oid "Kitob al-mabodi al-insonia", "Kalam fia’zo al hayvon" kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zo larining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o‘xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anatomik fiziolgik tushunchalar byerilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologiya haqidagi tushunchalar va qonuniyatlar to‘g‘risida bilim byerish. Bunda mehnat muhofazasi, tabiatni asrash, noyob jonzotlar ro‘yxati, tabiat va atmosfyeradagi inqirozlar oldini olishga oid tushunchalar va qonuniyatlarga e’tibor byeriladi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar ekologik tarbiyasidan ko‘zlangan maqsadlardan biri - bir to’mondan - muqaddas Ona zaminimizni ozoda qilib saqlash bo‘lsa, ikkinchi to’ondan - musaffo osmonimizni aslidagi- dek saqlashdan iborat. Bu ona diyorimizni obod etishga qo'shiladigan katta hissa bo'lib, uning yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarda obodonchilik va orastalik, pokizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuomalalik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Bular maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi ekologik qonuniyatlar va tushunchalarni ongli ravishda anglashni kafolatlaydi: • tabiat haqidagi tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy o’illar va ular orasidagi bog‘lanish; • tabiat boyliklaridan tejab-tyergab foydalanish va ularni muhofaza qilish; • atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash; • tabiatni kelajak avlodlar uchun qanday boisa, o‘shandayligicha qoldirishga intilish va shu kabilar. Uzoq tarixga nazar tashlaydigan bo’sak, Markaziy Osiyo xalqlari. Jumladan, o‘zbeklar ham jahondagi eng qadimiy xalqlardan hisoblanadi va ular jahon ilm-faniga, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligining guvohi bo’amiz. Ota-bobolarimizning bu boradagi qoldirgan boy ma’naviy myerosi milliy myerosimizni chuqur, har taraflama o‘rganishimizga va u haqda xolisona fikr bildirishga hamda 0‘zbekiston mustaqilligiga yerishuvida buyuk ma’naviy ozuqa bo’ldi yoki ota-boboiarimiz qoldirgan milliy qadriyatlarimizni tiklash va ularni targ‘ib qilishga keng imkoniyatlar yaratildi. «Respublikamiz mustaqillikka yerishgandan so‘ng, ekologik tarbiyada xalq pedagogikasidan foydalanishga katta e’tibor byerib kelinmoqda. Atrof-muhitni muhofaza etish, moddiy boyliklardan oqilona foydalanishga oid tarbiyani milliy qadriyatlar va an’analar, sharqona urf-odatlar orqali byerish ehtiyoji paydo bo’ldi. Tarbiyachining bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya byerishda xalqimizning o‘ziga xos milliy tarbiyasidan o‘rinli foydalanishi yaxshi samara byeradi. Milliy tarbiyamizda to‘rt narsa - yyer, suv, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e’tiqod qo‘yib, yozning eng jazirama kunlarida «Suv sayli» otkazgan. Ota-bobolarimiz «Suv - tabiat in’o’i, hayot manbayi», deb bejiz aytishmagan. Har to’chi suvni gavhardek qadrlab, bog‘-rog‘lar yaratishgan. Biz esa suvdan xo‘jasizlarcha foydalanishimiz natijasida Orol muammosining tug‘ilishigasababchi bo’ldik. Sirdaryo va Amudaryoning belgilangan yyerga to‘la yetib bormasligi natijasida bugun 0‘rta Osiyo uchun ahamiyatli bo’gan Orolning butunlay yo‘qolish xavfi paydo bo’ldi». Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya byerishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, marosimlar, nodir qo‘lyozmalar va davlat arboblarining ushbu sohaga oid faoliyatlari mustahkam didaktik asos bo‘lib, bular orqali ularni atrof-muhitni toza saqlashga, ozodalikka, pokizalikka va eng asosiysi sog’lo’ turmush tarzi hamda muhitini tashkil eta olishga o'rgatiladi. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan taraqqiyoti darajasi undagi xalq xo‘jaligining turli jabhalariga ta’sir etadi. Bu borada o‘ziga xos global va mintaqaviy ekologik muammolar ham yuzaga kelavyeradi. Bunda global muammolarga Orol fojiasi, Chyernobil halokati, Xirosima va Nagasaki shaharlardagi bomba portlashlar hamda shu kabilar misol bo‘la olsa, zavod va fabrikalardan chiqadigan zararli chiqindilar yoki ma’lum hududdagi tuproq yerroziyasi, ba’zi kasalliklarning ko‘payishi va shu kabilarni misol qilib olish mumkin. Shu sababli ekologik tarbiya yo‘nalishlari ham turli xil bo’ldi. Quyida ularning ba’zilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiramiz: 1. Maktabgachayoshdagibolalarniyashabturganjoyidagitabiatimizboyliklari nitejab-tyergashga, unimuhofazaqilishgao‘rgatish. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘z o‘quv muassasalarini va uning tevarakatroflarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar ekishga o‘rgatish. 3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash ko‘nikmalarini shakllantirish. 4. Ekologik dunyoqarashni yuksaltirish. 5. Ekologik madaniyatni shakllantirish. 6. Ekologik savodxonlikni yuksaltirish. 7. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida atrof-muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. 8. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida tabiat va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi tasavvurlarni paydo qilish. 9. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya byerishda o‘quv muassasaiari va oila o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik. 10. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida atrof-muhit muhofazasida bolalarning vazifasi haqida tasavvur hosil qilish. Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va zarur tabiat in’ omidir. Havoga muntazam ravishda aralashib turadigan iflos chang o‘pkada gaz almashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu insonning sog‘lig‘ini bora-bora izdan chiqarib, turli-tuman xastaliklarni vujudga keltiradi. Tabiat shunday odil mo‘jizaki, atrof-muhitnimuvozanatga keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o‘siml iklar yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak o‘simliklar Juuyosi, 1arnziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab byeruvchi bebaho vositadir. Bunda inson o‘z atrofini o‘rab turgan iabiatni, uning o‘simliklar dunyosini ko‘z qorachig‘iday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo‘lidan kelganicha ko‘proq daraxt ekishi, ko‘kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota­ bobolarimiz daraxt ekish, bog‘-rog‘ yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo‘ladi, deb bejiz aytishmagan.
Ma'naviyatni shakllantirishga bevosita ta'sir qilinadigan yana bir muhim hayotiy omil - bu ta'lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqdir. Ma'lumki, ota-bobolarimiz, qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi, deb bilgan.
Ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish elementlaridan biri o'quv fanlarini ekologiyalashtirish, o'quvchilarni inson bilan tabiatning o'zaro ta'sirini, bugungi kundagi ekologik fojianing oqibatlari va ziddiyatlarini anglash hamda tushunishga, ularni sayyoramiz miqyosida fikr yuritishga o'rgatishdir. Albatta, insonlar ongida ekologik ongning o'sishi ular o'rtasidagi muhim iqtisodiy omillardan biri hisoblanadi.
Boshlang'ich sinf matematika kursi yaxlitligi bilan, mavzularning tuzilish jihatidan keng imkoniyatlarga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilari dastlabki mate-matik tushunchalarni o'zlashtirishlari uchun o'qituvchi qulay metod va dars shakl-larini (turlariini) tanlashi kerak. Bunda didaktik o'yinlarning ahamiyati katta. Darhaqiqat, o'yin bog'cha va maktab yoshidagi bolalarga, o'smirlarga ta'lim-tar-biya berishning an'anaviy va sinalgan usullaridan biridir.
O'quvchilar matematikadan faqat dastur materiallarini o'zlashtiribgina qol-may, atrof-muhitni, hodisa va jarayonlarni kuzatishga, solishtirishga, fikrlashga, o'z xulosalarini asoslashga, matematik til bilan so'zlashishga urinishlari kerak. Didaktik o'yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o'quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o'stirish imkoniyatini beradi. O'yin orqali o'quvchilar darsdan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, ularni hayotga tatbiq eta olishga tayyorlanadilar. Birinchi sinf o'quvchilariga
11 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni o'rgatish jarayonida topishmoqli o'yinlardan foydalanish o'rinlidir:
Sulton tutdi 13 cho'rtan
A'zam tutdi 4 sazan,
Karim tutdi 2 laqqa
Necha baliq chiqdi qirg'oqqa? (19 ta baliq).) ;
Bu topishmoqning javobini bolalar topishadi. Topgan bolalar rag'bat-lantiriladi.
Bolalardan so'raladi:

  • Baliq qayerda yashaydi?

  • Siz baliqning suzganini ko'rganmisiz?

  • Baliq nima uchun tutiladi?

  • Qachon baliqlarni tutish mumkin?

Bolalar savollarga birin-ketin javob berishadi. Bolalar qiynalishsa, o'qituvchi yordamlashadi.
2-sinf o'quvchilariga ko'paytirish va bo'lish mavzularini o'rgatish jarayonida To'g'ri taqsimlash" o'yinidan foydalanish mumkin.

Download 57.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling