Mavzu: 1-2-sinf matematika o‘qitish jarayonida ekologik tarbiya berish metodikasi. Mundarija: kirish I bob. 1-sinf matematika darsliklarining tuzilishi, mazmuni
Download 57.61 Kb.
|
1-2-SINF MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. 1 -2 -SINF MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH
MAVZU: 1-2-SINF MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI. MUNDARIJA: KIRISH I BOB. 1-SINF MATEMATIKA DARSLIKLARINING TUZILISHI, MAZMUNI. 1.1. 1-sinf matematika darsliklarining tuzilishi. 1.2. 1- sinf o’quvchilarini sodda arifmetik masalalar yechishga o’rgatish texnologiyasi II BOB. 1-2-SINF MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. 2.1. 1-2-sinf matematika o‘qitish jarayonida ekologik tarbiyaning maqsad va vazifalari. 2.2. 1-2-sinf matematika o‘qitish jarayonida ekologik tarbiyani shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanish. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH Mamlakatimizda ta`lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda o'qitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta`lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan ular uchun zarur va etarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda. Hozirgi kunda xalq ta`limi oldida ta`lim tarbiya samaradorligini oshirishning turli uslublarini takomillashtirish kabi ulkan vazifalar qo`yildi. Bu vazifa bevosita boshlang`ich maktabning ham vazifasi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, sog’lom hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon o’zining dolzarbligini yo’qotmaydigan masala hisoblanadi.1 Ta`lim samaradorligi oshirishning turli yo`llari mavjud. Masalan: talimning turli uslublaridan unumli foydalanish, mazmunini qayta ko`rib chiqish, davr talabiga mos materialli tanlash, talim jarayonini tashkil etishning turli shakllaridan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalana olish va xokazolar. O`quvchi o`quv faoliyatini faollashtirish bevosita o`qituvchi hamda o`quvchi faoliyatlarini to`g`ri tashkil etish va uni boshqarishga bog`liq. Matematika metodikasi fani matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tadbiqiy qonuniyatlarini o`rganib kyeladi. Matematika fani fizika. chizmachilik, kimyo va astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo`ladi. Matematika fanining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo`l bilan amalga oshiriladi: Matematika tizimining butunligini buzmagan holda o`qishni fanlarning dasturlarini moslashtirish. Boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini tyeoryemalarni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan materiallardan matematika kursida foydalanish. Matematika darslarida boshqa fanlardan foydalanish masalasini dasturda aniq ko`rsatish qiyin, buni o`qituvchining o`zi amalga oshiradi, ya’ni o`quv matyerialini rejalashtirishda va darsga tayyorlanish vaqtida e’tiborga olishi kerak. Qo`shni fanlarga doir matyeriallardan matematika darslarida foydalanish fanlararo uzviy aloqadorlikni yanada mustahkamlaydi. Boshlang’ich sinflarda ta’limni samarali tashkil etishda fanlar aro aloqadorlik masalasi katta ahamiyatga egadir. Ta’limda fan aloqadorligini shunday tashkil etish kerakki, u shu fan darsiga o’quvchilarning shu fan materiallarini o’zlashtirishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasin. Men o’z pedagogik amaliyot davridagi tajribamdan kelib chiqib shu narsaga amin bo’ldimki, kichik maktab yoshidagi bolalarni fan asoslarini (ayniqsa matematika fani) asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda turli – tuman o’qitish usullaridan, o’qitish vositalaridan va boshqa qo’shimcha imkoniyatlardan foydalanib uzluksiz oshirib borilmasa, bu o’quvchilardagi bilim olishga bo’lgan orzu – havas asta – sekin susayib boradi. Bu qiziqtirish nimalarda ko’rinadi. har bir darsni didaktik o’yinlar orqali tashkil etish; o’tilayotgan o’quv materiallarini bevosita o’quvchilarning amaliy kundalik hayotlari bilan bog’lash; matematik materialarni tarixiy, o’lkashunoslik va mahalliy materialar bilan boyitish; darsda yangi innovasion texnologiyalardan foydalanish orqali; ta’limni fanlar aro aloqadorlikda tashkil etish orqali va boshqa shunga o’xshash qiziqtiruvchi vositalarda. Boshlang’ich sinflarda ta’limni samarali tashkil etishda fanlar aro aloqadorlik masalasi katta ahamiyatga egadir. Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’zi rahbarlik qilayotgan sinfdagi barcha o’quv predmetlaridan o’zi dars beradi. Shuning uchun ham unda ikki va va undan ortiq fanlar aloqadorligida o’qishni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Kichik maktab yoshdagi bolalarga matematika o’rgatish matematika fanining o’z mazmun va mohiyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak ma’lum bir qiyinchiliklarga ega. Bu qiyinchiliklar birinchidan oila a’zolarining ko’pchiligi matematika fanini bilmasligi bo’lib, bola oilada matematikani mustaqil o’rganishi uchun uyda hech kimdan yordam ololmaydi, ikkinchidan bilganlari ham bu matematik tushunchalarni bolaning kundalik amaliy hayot bilan bog’lay olmaydilar, natijada bu matematik tushunchalar bolaning esidan tez chiqib ketadilar. Matematik bilim malaka va ko’nikmalarni o’quvchilar o’z kundalik hayotlarida amaliy misol va masalalar ko’rinishda qo’llay olsalar bu bilimlar mustahkam bo’lib ular bolaning xotirasida uzoq hatto bir umrga muhrlanib qoladi. Boshlang’ich ta’lim matematik bilimlar asosan matematika fani darslarida o’rgatilsa boshqa fanlararo darslar amaliy misol va masalalarni yechishga qo’llashda boshqa fan darslaridan unumli foydalanish mumkin. Masalan. Atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, rasm va tasviriy san’at darslaridan foydalanib o’quvchilarning matematik bilimlariga umumlashtirish, kengaytirish va mustahkamlash mumkin. O’qituvchi darsning vaqt byujetiga ko’p ziyon yetkazmasdan bu geometrik figuralarning ta’rifini o’quvchilar yordamida esga oladilar. Yoki rasm darslarida ham hamisha geometrik tushunchalar bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Bu tanlangan kurs ishi mavzusi hozirgi kun ta’lim – tarbiyasida dolzarb bo’lib kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning matematika fanini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda matematika darslarini tasviriy san’at darslari bilan uzviy aloqadorlikda o’tish muommosi dolzarb mavzu bo’lib o’rganishga tahlil qilishag arziydi; Ilmiy taqiqot ishining tekshirish obekti boshlang’ich sinflarning matematika darslari hisoblanadi. Ikkita paralel sinflar olinib, shu sinflarda bir xil tabiiy sharoitda matematika va rasm darslari tashkil etilib har bir sinf o’quvchilarining o’zlashtirilish darajasi solishtiriladi. Masalaning mohiyatini yaxshilab ochib berish maqsadida matematika va tasviriy san’at darslarini o’zaro fanlararo aloqadorlikda o’tkazish imkoniyatlari o’rganiladi; Ishning tadqiqot predmeti boshlang’ich sinflarning matematika darslarida ajratib olingan shu rasm darsida uchraydigan metematik tushunchalar haqida o’quvchilarning bilimini qisqacha (shu rasm darsining samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan) tekshirib ularni qaytaddan esga olish ishlarini tashkil etish masalasi o’rganish masalasi rejalashtirilgan. Kurs ishining tadqiqot metodlari tajriba sinovlar o’tkazish, olingan natijalarni taqqoslash o’quvchilar o’rtasida so’rovlar o’tkazish natijalari orqali umumiy xulosalarga kelish Ilmiy - tadqiqot ishining asosiy amaliy – uslubiy ahamiyati shundan iboratki, kichik maktab yoshidagi bolalarga ikki va ko’p tomonlama predmetlararo aloqadorlikda ta’limni tashkil etish orqali shu aloqadorlikdagi fan materiallarini o’quvchilar tomonidan qiziqib tez va oson o’zlashtirishga erishishdir. Haqiqatdan ham bu narsa tajribalardan o’z ijobiy tasdig’ini topgan. Shuningdek yana ishning amaliy ahamiyati kichik maktab yoshidagi bolalarning matematika fani asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda matematik bilim, malaka va ko’nikmalarini mustahkamlashda ularning kundalik amaliy hayotlari bilan bog’lashda tasviriy san’at va matematika darslarini o’zaro aloqadorlikda o’tish bo’yicha yosh boshlang’ich sinf o’qituvchilariga amaliy yo rdam sifatida dars ishlanmalari yozishda uslubiy yordam berishdan iboratdir. Kurs ishi predmeti boshlang’ich sinf matematika darslarida qanday matematik tushunchalardan foydalaniladi va ularni umumlashtirish masalalari o’rganiladi; ishning ilmiy-tadqiqot metodi suhbat, anketa saviyalarini o’rganish matematika dars ishlanmalarini o’rganish va boshqa usullardir; Ushbu o’rganilgan kurs ish asosan kirish, asosiy, xulosa qismlaridan, hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Bundan tashqari bitiru malakaviy ish bo’yicha ishga ilmiy rahbarning yakuniy xulosasi, tashqi taqriz, talabaga ishni yozish davomida foydalanishi uchun berilgan topshiriq varag’i, ishning kafedradagi muhokama bayonnomasi ham ilova qilingan. Download 57.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling