Mavzu: 1-4-sinflarda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo’llari reja: kirish I bob. O’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati


Download 202 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi202 Kb.
#1562115
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ikki ovozda kuylash

Kurs ishining maqsadi:
O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda musiqа darslari va musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada musiqa muallimlari asosiy e’tibor boshlabg’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy va ma’rifiy jihatdan yetuk bo’lishlariga qaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi, ayniqsa qo’shiq o’rgatish jarayonida badiiy ijodkorlikni tarbiyalashga e’tiborni qaratish o’ta muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblaiadi. Respublikamiz prezidenti Sh.Mirziyoyev musiqa madaniyati o’qituvchilarini ya’ni shu kasb egalarining imkoniyatlarini chuqur his qilgan holda, yosh avlodga musiqiy ta’lim berish zarurligiga alohida e’tibor qaratib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish haqida maxsus farmon chiqardi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qarorida “umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi[1]”. Olib borilayotgan islohatlar shuni ko‘rsatib turibdiki, o‘zbek milliy musiqa san'atining kelajagi porloqdir.
Prezidentimiz tomonidan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qaror ijrosi kelajakda ulkan natijalar beradi deb umid qilamiz. Barcha san’at ahli mutahassislari va biz talaba yoshlar kelajakda Prezidentimiz Qarorlarini sidqidildan bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling