Mavzu. 1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik


Download 24.98 Kb.
bet1/9
Sana15.11.2023
Hajmi24.98 Kb.
#1774283
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Metodika4

Mavzu. 1-9 sinflarda texnologiya fani mazmuni va 10-11 sinflarda kasbiy tayyorgarlik

Tayach so‘zlar: Texnologiya, davlat ta’lim standarti, ta’lim mazmuni, kasbhunar, kasbiy tayyorgarlik.

Maktab islohotida texnologiya fanining vazifalari

turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastalabki ma’lumotlarni o‘rgatish, o‘lchash;

- tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan

foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o‘rgatish;

- xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to‘g‘risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;

  • mexanizasiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini;
  • o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqob atbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini o‘rgatish, ish boshqaruvchi (menedjerlik) unsurlari, homiylik ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish va rivojlantirish;
  • - o‘quvchilarning bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

- xalq hunarmandchiligi kasblarini o‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy me’rosini o‘rgatish, ulardan o‘z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash;

  • yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, yangi texnika va jihozlarning qo‘llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o‘rganishlarini ta’minlash;
  • yuqori sinflarda turli mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o‘rgatish;
  • o‘quvchilarda umummehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko‘ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo‘ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish.

Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling