Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida
Tayanch so’z va iboralar: «Gimnastika» yo’noncha «gymnos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
«yalong‘och» degan ma’noni anglatadi. Jaxon faning atoqli arboblari bo‘lgan rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, I.N.Mechnikov, P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiylar jismoniy mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, bu mashqlarni hayotiy faoliyat va ishchanlik qobiliyatini oshirishning, sho’ningdek sog‘lomlashish va faol dam olishning eng yaxshi vositasi deb bilgan edilar.
Gimnastika fani va tavsifi. «Gimnastika» yo’noncha «gymnos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
«yalong‘och» degan ma’noni anglatadi. Sho’ningdek, yo’noncha gymnostike (gymnazo-trener, mashq qildiraman so‘zidan) so‘zining kishi salomatligini mustahkamlash, o’ni har tomonlama jismonan tarbiyalash va harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatiladigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar, uslubiy usullarning tizimi, degan ma’nosi ham bor. Quyidagilar o’ning asosiy vazifalaridir:
Inson organizmi shakl va fo’nksiyalarini jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga, salomatligi mustahkamlashga, uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatib yashashlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan mukammal rivojlantirish.
Hayotiy muxim harakat ko‘nikma va malakalarini (shu jumladan, amaliy va sport ko‘nikmalarini) shakllantirish va maxsus bilimlar bilan qurollantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |