Mavzu: 1 Kirish. Sisco Pascet Tracerda ishlash


Demak, VPN bo‘lgani yaxshimi?


Download 453.92 Kb.
bet9/66
Sana20.12.2022
Hajmi453.92 Kb.
#1040410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlarini sozlash va boshqarish yo\'l harita

Demak, VPN bo‘lgani yaxshimi?
Ha, agarda siz biznes sohibi bo‘lib, korporativ ma’lumotlaringiz va servislaringizning xavfsizligini ta’minlashni istasangiz, VPN juda yaxshi narsa. Ish muhitiga xodimlaringizni faqat VPN orqali hamda maxsus akkauntlari bo‘yicha o‘tkazasiz va kim nima qilganiyu qilayotganidan hamisha boxabar bo‘lasiz.
Bundan tashqari, VPN egasi server va foydalanuvchi o‘rtasida uzatilayotgan barcha trafikni monitoring qilishi va nazorat etib borishi mumkin.Xodimlaringiz Feysbuk, Odnoklassniki kabilarda ko‘p o‘tirishadimi? Bu servislarga kirishni yopib qo‘yishingiz mumkin. Ular orasida kimdir o‘z ish kunining yarmini karikaturalar saytida o‘tkazadimi? Uning internetdagi faolligi avtomatik tarzda loglarga yozilib boradi va o‘zini ishdan bo‘shatish uchun dalil bo‘lib xizmat qiladi.
Ishdan tashqarida ham VPN’dan foydalansa bo‘ladimi?
Ha. VPN-xizmatlarning eng keng tarqalgan ko‘rinishi bepul ommaviy servislar hisoblanadi. Google Play, App Store va internet kengliklarida bunaqalari tiqilib yotibdi. Ular bepul VPN taqdim etishadi va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘zlari ko‘tarishadi. Jumladan, data-markaz xizmatlari to‘lovi, qulay ilovani ishlab chiqish xarajati, qo‘llab-quvvatlash sarflarini ham o‘z zimmalariga olishadi.
Evaziga esa ularga faqat bir narsa – sizning internetda nimalar qilayotganingiz haqidagi ma’lumot kerak, xolos. Bu ma’lumotdan ular sizning «raqamli portret»ingizni yaratib, reklama beruvchilarga sotishadi. Birato‘la ular sizning qiziqishlaringizga ko‘ra reklama uzatib turishadi. Hammasi oddiy va adolatli.
Pulli VPN-servislar – umuman boshqa narsa. Nazariy jihatdan qaraganda, ular abonent to‘lovi evaziga yashashadi va foydalanuvchining ma’lumotlarini sotish yoki reklama uchun ishlatishmaydi. Ammo shunisi borki, ularning bu boradagi halolligini aniqlash o‘ta mushkul. Ehtimol, bu ayyor servis sizdan abonent to‘lovini ham olib, yana reklama beruvchilarga ma’lumotlaringizni ham sotayotgan bo‘lishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, VPN’ni bir nechta yo‘lni o‘zaro bog‘lovchi tunnelga qiyoslash mumkin. Uning ichida nima bo‘layotganini tashqaridan hech kim bilolmaydi, faqat… egasidan boshqa! Ha, uning kuzatuv kameralari tunnelning har bir qarich joyiga o‘rnatilgan. U hammasini ko‘rib turadi va ko‘rganlaridan o‘zi istaganicha foydalanishi mumkin.

O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi






Download 453.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling