Mavzu-1: Kosmonavtika fani va uning rivojlanish bosqichlari
Mavzu: Yerning sun’iy yo’ldoshlarining stasionar va sinxron orbitalari
Download 1.9 Mb.
|
Косманавтика асослари TAYYOR 35
Mavzu: Yerning sun’iy yo’ldoshlarining stasionar va sinxron orbitalari.
Reja: Yerning sun’iy yo’ldoshlarining orbita turlari. Sinxron va stasionar orbitalari. Yerning sun’iy yo’ldoshlari turli ko’rinishdagi orbita bo’ylab harakatlanadi va ularning aylanish davrlariham turlicha bo’ladi. Yerning sun’iy yo’ldoshlari qo’yilgan maqsadga asosan ularni turli balandliklarga chiqariladi. Orbitaning balandligiga bog’liq holda uning aylanib chiqish davri va yashash vaqti turlicha bo’ladi. Aylana orbitasi uch turga bo’linadi. 1.Kichik orbita yerga yaqin orbitalar, balandligi 185-400 km yoki 500 km gacha bo’ladi. Bu balandlikda Kosmik korabllar va Yer sirtidagi detallarni o’rganuvchi yo’ldoshlar harakatlanadi. Shuningdek, Yuk ko’tarib uchuvchi raketalarning ko’tarish qobiliyati tekshiriladi. Ularning yashash davri balandlikka bog’liq ravishda bir necha kun yoki xafta, bir necha oy yoki bir yil. 2.O’rta balandlikdagi orbitalar, uning balandligi h=400 dan 800 km gacha bo’lib, unda asosan dunyo okeanlarni va materialogik kuzatish olib boruvchi yo’ldosh harakatlanadi. Uning yashash davri bir necha yil bo’ladi. 3. Yuqori balandlikdagi orbitalar. Uning balandligi h=800 kmdan 1000 km gacha va undan katta bo’lib, unda harakatlanuvchi yo’ldoshlarning yashash davri 10 va 100 yillar bo’ladi. Yo’ldosh orbitalari og’ish burchagi ham turlicha bo’ladi. Agar uning og’ish burchagi 00 bo’lsa, bu orbitani ekvatorial, agar i=900 bo’lsa, qutb orbitasi deyiladi. Og’ish burchagi 900 dan kattaroq bo’lgan orbitani Quyosh – sinxron orbita deyiladi. Bu orbitada harakatlanayotgan yo’ldosh uchun Yer sirti doimo bir xil burchak ostida Quyosh nurlari bilan yoritilgan bo’ladi. Sinxron orbitada harakatlanayotgan yo’ldoshning davri karrali bo’lib, u Yerning o’z o’qi atrofida aylanish davri 23h56m4s gat eng bo’ladi. Bu yo’ldoshlar faqat chekli sohalarda ko’rinadi. (Masalan: “Molniya-1” ) Sutka davrli yo’ldosh sinxron orbitaga ega bo’lib, uning o’rtacha balandligi 35 793 km (42 164 km) bo’lishi kerak. Uning tezligi 3075 m/s ga tengdir. Yerning sun’niy yo’ldoshlaridan og’ish burchagi 00 bo’lib, balandligi 35768 km bo’lgan yo’ldoshlar harakat orbitasini statsionar orbita deyiladi.Bu yo’ldoshning harakatlanish davri Yerning o’z o’qi atrofida aylanish davriga teng bo’ladi. Natijada u Yer sirtidagi nuqtaga nisbatan o’zining vaziyatini o’zgartirmaydi. Bunday harakatni g’alayonlanmagan deb qarash mumkin. Lekin Yerning sferik emasligi og’irlik kuchining anomalism (o’rta xolatdan chetlashish) Oy Quyosh va boshqa sayyoralar ta’sir qilishi mumkin. Buning natijasida sinxron va stasionar orbitalar ham o’zgarishi kuzatiladi. Real holatda baribir o’zgarish kuzatiladi. Nazorat savollari. 1.SY orbita turlari va ularga qo’yilgan shartlarni ifodalang. 2.Sinxron orbita deb qanday orbitaga aytiladi? 3.Statsionar orbita deb qanday orbitaga aytiladi? 4.Orbita tekisligini o’zgartiruvchi sabablarni aniqlang. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling