Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja
Download 122.15 Kb.
|
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al
Davolash. Kuyishni davolash bir qancha umumiy va mahalliy chora tadbirlardan iborat.
Umumiy choralar bemorning ahvoliga qarab shokka, zaharlanishga, suvsizlanishga, sepsisga va kamqonlikka qarshi kurashishdan iborat bo'ladi. Bemor ko'p miqdorda issiq shirin choy, mors va boshqalarni (bir kunda 4-5 litrgacha) ichishi lozim. Shuningdek, suyuqlik teri ostiga, mushaklar orasiga yoki klizma holida yuboriladi. Yuqori kalloriyali, oqsil va vitaminga boy ovqat yeyish katta ahamiyatga ega. Kuyishni mahalliy davolash uning darajasiga bog'liq. Birinchi darajali kuyishda kuygan sohaga sterillangan vazelin surtish kifoya qiladi. Ikkinchi darajali kuyishda toza bog'lam xonasida morfin ineksiya qilingandan keyin kuygan sohani birlamchi tozalash shart. Og'riqni kamaytinsh uchun kuygan sohaga 1% li novokain eritmasiga hoilangan sterillangan salfetka yopiladi. Tozalash asosan, kuygan sohani va uning atrofini fiziologik eritma hamda 5% yoki 0,5% li nashatir spirt eritmasi bilan ohista yuvishdan, iflos qilib turgan narsalarni va pufakchalarning qolgan qismlarini olib tashlashdan iborat. Tozalashdan keyin har xil bog'lamlar qo'yiladi: quruq aseptik, penitsillin yoki novokain eritmasi bilan ho'l, ko'pincha esa mazli bogiamlar (vazelin yog'i, sintomitsin emulsiyasi, Vishnevskiy mazi) va boshqalardan foydaianiladi. Kuyishni hech qanday bog'lamsiz ochiq davolash maqsadga muvofiqdir. III-IV darajali kuyishda oigan to'qimalarni olib tashlash (nekro-ektomiya) va terini ko'chirib o'tkazish tavsiya etiladi. Kuyishni mahalliy davolashda bir necha maqsad ko'zda tutiladi. Bunda infeksiyaning oldini olish yoki uni susaytirishga, plazma yo'qotishning oldini olish yoki kamaytirishga, og'riq sezgilarini tugatishga, kuyishdan zararlangan to'qimalarning parchalanish mahsulotlari qonga so'rilishini kamaytirishga va nihoyat, kuygan badanni epiteliy bilan tezroq qoplanishiga intilish kerak. Hozirgi vaqtda kuyishni davolashning ikkita asosiy: ochiq va yopiq usuli tatbiq etilmoqda. Ochiq usul bog'lamsiz usul deb ham ataladi. Yopiq usulda har xil dorilar surtilgan bog'lamlar ishlatiladi. Kuyishni davolashning ochiq usulida har xil dorilarni ishlatish ham, ishlatmaslik ham mumkin. Hozirgi vaqtda terining kuygan qatlamlarini koagulatsi-yalaydigan va zich strup hosil bo'lishiga yordam beradigan moddalar keng qo'llanilmoqda. Shu maqsadda kuygan yuzaga kaliy permanganatning quyuq (10% li) eritmasi yoki taninning 5% li eritmasi surtiladi, ba'zan tanindan hosil bo'lgan pardaga 10% li nitrat (lapis) eritmasi surtiladi. Bu tozalash juda og'riqli bo'lib odatda, narkoz berish (yaxshisi azot (I)-oksid) kerak bo'ladi. Hozir bolalar kuyganda va katta odamlarning yuzi kuyganda shu usulda davolanmoqda. Ochiq usulda davolaganda maxsus vositalardan foydaianiladi. Kuygan soha birlamchi tozalanib, bemor karkas ostidagi sterillangan choyshabga yotqiziladi. Karkas ustidan sterillangan choyshab va adyol yoyiladi. Karkaz ichidagi lampalar yoqilib bemor isitiladi. Qurigan havo isituvchi ta'sir etib, kuygan soha ustida strup — zich quruq po'st hosil qiladi. Bu esa kuygan sohani yaxshi himoya qiladi. Hozirgi paytda kuygan jarohatga terini ko'chirib o'tqazish usuli ham keng qo'llanilyapti. Ba'zan yuz va yuqori nafas yo'llari kuyganda (qaynoq suv, bug' yoki gaz) halqum tez shishib, nafas qisganda traxeostomiya xirurgik davolash sifatida qo'llaniladi. Qo'1-oyoq to'qimalari qorako'mir bo'lganda tirik to'qima chegarasida amputatsiya qilinadi. Kuygan bemorlarni parvarish qilish. Kuygan bemorning to'shagi iflos bo'lmasligi uchun matras bilan choyshab orasiga albatta kleyonka solinadi. Ichki kiyimlarini umumxirurgik bemorlarga nisbatan, tez-tez almashtirib turish kerak, chunki bunday bemorlarda yara yuzasi katta bo'lganidan kiyim ko'pincha yaradan ajralayotgan suyuqlikni shimadi. Uncha katta bo'lmagan soha kuyganda terini haftada bir marta oddiy gigiyenik vanna qilib tozalash oson. Ko'p joy kuyganda esa tadrijiy, umumgigiyenik vannalardan tashqari, terining sog'lom joylari har kuni 2% li bor spirt eritmasi bilan artib turiladi. Davolashda va parvarish qilishda kuygan bemorni ovqatlantirish juda katta ahamiyatga ega. FOSFOR TA'SIRIDAN KUYISH Fosfor ta'siridan kuyish ba'zi xususiyatlarga ega, chunki fosfor kuygan odam badanida uzoq vaqtgacha yonib turishi mumkin. Fosforni o'chirish uchun fosfor tekkan joyni ko'p yuvish yoki bemorni suvga solish kerak. Mis kuporosining 5% li eritmasidan primochka qo'yish yoki talk sepish lozim. Fosfor parchalarini pinset bilan olib tashlash zarur. Keyinchalik bemor boshqa narsalardan kuyishdagi kabi davolanadi, lekin yog', mazlarni surtishga ruxsat etilmaydi. Bolalarda kuyishni davolash va birinchi tibbiy yordam berish o'ziga xos xususiyatga ega. Bunda kuygan sohani infeksiya tushishidan saqlash, og'riqni qoldirish maqsadida analgetiklarni qo'llash hamda shokka qarshi chora ko'rib, kuygan bolani davolash muassasasiga olib borishda u qo'shimcha jarohatlanmasligi uchun harakat qilish kerak. Bolalar xirurgik bo'limlarida kuyganlar uchun alohida palatani boks bilan ajratish maqsadga muvofiqdir. Bolani kasalxonaga keltirganda kuygan sohani shikastlanishdan saqlash, morfin yoki pantopon yuborib og'riqni kamaytirish, shokka qarshi kurashish kerak. Bemorni sovqotishdan saqlash katta ahamiyatga ega. Bemor yotgan xona harorati 22-24° bo'lishi lozim. Kuygan bolaning ahvolidan birinchi soatlarda va kunlarda tez-tez xabar olib turish kerak. Og'riqni qoldiradigan dorilar (morfin, pantopon yoki promedol) atropinga qo'shib ishlatiladi. Organizmning umumiy zaharlanishiga qarshi tiosulfat (giposulfit), natriyning 30% li eritmasidan 5 ml miqdorda venaga yuborish tavsiya etiladi, kortizon, gidrokortizon ham qo'llaniladi. Bu vositalar organizmda uglevodlar, oqsillar, tuz-suvlar almashinuviga aktiv ta'sir etadi. Novokainning 0,25% li eritmasini venaga yuborish ham yaxshi foyda beradi. Bemorning kiyimi kuygan joyga yopishib qolgan bo'lsa, margansovkaning kuchsiz eritmasi solingan vannada ivitish va yopishib qolgan narsalarni ehtiyotlik bilan olib tashlash kerak. Shundan so'ng kuygan joy atrofi 0,5% li nashatir spirt va 76% li spirt bilan artiladi. Download 122.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling