Mavzu. 1
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi
REJA:
1.Odam anatomiyasi fanining vazifalari. Hujayra va to’qima to’g’risida bilimni oshirish.
2.Organizmning a’zolarini topografik joylashishi. Barcha to’qimalarning anatomik va fiziologik xususiyatlari.
3.Modda almashinuvi organizga mohiyati. Energiya manbayi.
4.To`qimalar va hujayralar meyyori. Vitaminlar haqida tushuncha.
5.Moddalar almashinuvi jarayoni.
Odam anatomiyasi - odam organizmini va organlarining tuzilishi, shaklini, joylashishini o'rganadi. Anatomiya so'zi yunoncha anatomna - kesaman, yoraman degan so'zlardan kelib chiqqan. Kesish va yorish organizmning tuzilishini o'rganish uslublaridan biridir.Organizmning va organlarning hayotiy funksiyasini o'rganadigan fan fiziologiya deb ataladi. Fiziologiya yunoncha phisis - tabiat va logos - fan demakdir. Fiziologiya organizm faoliyatini tashqi muhitga va uzluksiz o'zgarib turadigan murakkab hayot sharoitidan kelib chiqib tekshiradi.
Normal anatomiya va fiziologiya tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega. Chunki organizmning tuzilishini va normal funksiyasini bilmay turib kasallik vaqtida, patologik jarayonlar natijasida organlar va butun organizmda yuz bergan o'zgarishlarni tushunish, tegishli tibbiy yordam ko'rsatish va har xil kasalliklaming oldiniolish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |