Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja


Mavzu: 3 Bemorlarni ovqatlantirish. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarish qilish


Download 122.15 Kb.
bet8/70
Sana09.01.2022
Hajmi122.15 Kb.
#258933
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

Mavzu: 3

Bemorlarni ovqatlantirish. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarish qilish.

REJA:

1. Bemorning ovqatlanishi .

2.Parhez haqida tushuncha.

3.Yuqori kaloriyaga ega bulgan ta`omlar.

4.Klizmalar turlari.

O`quv mashg`ulotining maqsadi:

Bog’lov materiallarining organism qismlaridaga turlari haqida tushuncha berish

Bog’lov hamshirasining vazifasini tuliq ochib berish

Yumshoq va qattiq bog’lamlar haqida tushunchaga ega bulishini ta`minlash

Ilova 2. Mavzubo‘yichaasosiytushunchalar, mustaqilishlashuchunadabiyotlarro‘yxatBEMORLARNI OVQATLANTIRISH.Ovqat organizm uchun eng zarur oziq va energiya manbai bo'lib, to'qimalarning tuzilishiga va organizmning tashqi muhitning zararli ta'siriga qarshi kurashish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Bemor to'yimli ovqatlar iste'mol qilmasa, ovqatlanish tartibini buzsa, har xil kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Organizm uchun yog' (moy), oqsil, uglevod, mineral tuzlar, suv va vitaminlar kerak. Ovqat bilan beriladigan moddalar miqdori odamning shug'ullanadigan ishiga, gavdasining vazniga, moddalar almashinuviga bog'liq.

PARHEZ. Bemorlarni ovqat bilan davolash qadimdan ma'lum. Ko'p kasalliklar moddalar almashinuvining buzilishidan kelib chiqadi. Bu jarayonni tartibga solish maqsadida parhez taomlar buyuriladi.

Ilmiy tadqiqot tekshirish institutida 15 xil parhez stollari ishlab chiqilgan. Har bir bemorning kasalligiga qarab parhez stoli belgilanadi.

Shu kunlarda asosan, 15 xil parhez turidan foydalaniladi.

la, lb, 1-PARHEZ. Ko'rsatma: me'da va o'n ikki barmoq ichakning kasalligi keskin qaytalagan "Ta'sirlangan me'da" belgilari yaqqol yuzaga chiqqan. O'tkir gastrit, surunkali gastrit me'da va o'n ikki barmoq ichakning kasalligi keskin qaytalaganida.

Ovqatlanish tartibi:bemor bir kunda 6-7 marta ovqatlanadi. Ovqatning issiqligi 55° dan yuqori bo'lmasligi, sovuq ovqatning sovuqligi 15dan past bo'lmasligi lozim. Bemorga ovqat oz-oz miqdorda, suyuq yoki bo'tqa holida beriladi.

Bemorga suyuq choy, yog'siz qaynatma sho'rva, sut-shirguruch, kisel, sariyog', xom tuxum, suzma bilan sut aralashtirilmasini ichishga ruxsat beriladi.

Taqiqlanadi:bemor spirtli ichimliklar, pivo, qazi, tuzlamalar, kakao, achchiq choy, kofe, gazli suv, garmdori, petrushka, qovurilgan go'sht, qovurilgan baliq, baliqli va go'shtli konservalar iste'mol qilishi mumkin emas.

Tavsiya qilinmaydi: bemorga rediska, turp, sholg'om, no'xat, loviya, xom mevalar, uzum, anjir.

2-PARHEZ. Ko'rsatma: enterit va kolitlar rekonvalessensiya davrida ratsional ovqatlanishga o'tish, sekretor yetishmovchiligi, surunkali gastrit.



Ovqatlanish tartibi: kasal kuniga 4-5 marta bo'lib-bo'lib ovqatlanadi. Ovqat issiqligi har galgiday. Ovqat va mahsulotlaming keng turlaridan foydalanish ruxsat etiladi. Ovqat maydalangan holda pishiriladi.

Ruxsat etiladi: limon, meva sharbatlari.

Taqiqlanadi: o'rdak, yog'li go'sht, dumba yog'i, g'oz go'shti, qazi va qartalar, dag'al kletchatkali o'simlik mahsulotlari.

3-PARHEZ. Ko'rsatma: bir oz qaytalagan va remissiya davrida diskineziya sindromi (qabziyat) ustunlik qiladigan surunkali ichak kasalhklari, shuningdek, ular me'da, jigar va o't shirasi chiqaruvchi yo'llar, me'da osti bezi zararlanishi birga qo'shilib kelganda.

Kaloriyasi va tarkibi: 100-120 g oqsil, 100-120 g yog', 400-500 g uglevod, kaloriyasi 3000-3500 kkal, 1,51 ozod suyuqlik, 12-15 g osh tuzi, kunlik ratsion massasi - 3 kg.

Qora non, lavlagi, sabzi, pomidor ham yeb turish tavsiya qilinadi.

4-PARHEZ. Ko'rsatma: ichakning o'tkir va surunkali kasalhklari qaytalagan davri, shuningdek, bular me'da, jigar va o't shirasi chiqaruvchi yo'llar, me'da osti bezi zararlanishi bilan birga kelishi.

Ovqatlanish tartibi: bemor kuniga bo'lib-bo'lib 5-6 marta ovqatlanadi. Hamma ovqatlar qaynatib yoki bug'da pishiriladi, sho'rvalar qirg'ichda qirilgan yoki mayda to'g'ralgan sabzavotlar bilan tayyorlanadi. Ba'zi taomlarni tandirda tayyorlash mumkin.


Download 122.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling