Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja
Download 122.15 Kb.
|
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al
HARAKAT ORGANLARI TIZIMI
Harakat organlari tizimiga suyaklarning birikishidan hosil bo'lgan skelet, boylamlar, bo'g'imlar va mushaklar kiradi. Suyaklar, boylamlar va bo'g'imlar harakat organlarining sust qismi, mushaklar esa faol qismidir. Harakat tizimi organizmning ko'p qismini tashkil qiladi. Masalan: mushaklar gavdaning 2/5 qismini, suyaklar 1X5-1/7 qismini tashkil etadi. Mushaklar deyarli hamma suyaklarning ustini qoplab turadi va gavdaning tashqi ko'rinishini (qomatini) shakllantirib turadi.
Moddalar almashinuvi tirik organizmning zarur va muhim xossasidir; moddalar almashinuvi bo'lmasa, hayot ham bo'lmaydi. Moddalar almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog'langan yagona ikki jarayondan: assimilyatsiya va dissimilyatsiyadan iborat. Tashqi muhitdan organizmga uzluksiz oziq moddalar va kislorod kirib turadi. Ovqat hazm qilish kanalida bu moddalar oddiy oziq moddalarga parchalanib qonga so'riladi va qon bilan birga organizmga tarqaladi. Hujayra va to'qimalarda bu moddalardan organizmga xos murakkab moddalar hosil bo'ladi. Ular organizmda yangi hujayra va to'qimalar hosil bo'lishida ishtirok etadi va energiya manbai hisoblanadi. Moddalar almashinuvida oqsillar, uglevodlar, yog'lar, suv va mineral tuzlar ishtirok etadi. Bundan tashqari, organizm normal rivojlanishi uchun vitaminlar ham katta ahamiyatga ega. Vitaminlar. Organizm normal o'sib, rivojlanishi uchun oqsillar, yog'lar va uglevodlardan tashqari, vitaminlar ham zarur. Vitaminlar organik modda bo'lsa ham, parchalanganda energiya bermaydi. Shunga qaramay, vitaminlar juda katta ahamiyatga ega. Ko'p vitaminlar to'qima fermentlari tarkibiga kiradi va katalizatorlar sifatida moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Hozirgi kunda ellikka yaqin vitamin tekshirilgan. Vitaminlar lotincha harflar bilan ifodalanadi. Ba'zi vitaminlarga ularning kimyoviy tuzilishi va xossalariga qarab nom berilgan. Ichki sekretsiya bezlari o'zidan sekret chiqaruvchi naylar bo'lmasligi bilan tashqi sekret bezlaridan farq qilacfi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan sekret — gormon bevosita qonga so'riladi. Shuning uchun bunday bezlar endokrin bezlar deb ham ataladi Gormonlar miqdori juda kam bo'lsa ham ichki organlar faoliyatini bir qadar o'zgartiradi. Shu sababli ularga gormonlar (yunoncha — hormao — qo'zg'ataman demakdir) degan nom berilgan. Gormonlar qon bilan organizmga tarqalib, har xil organlar faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ular moddalar almashinuviga, yurak va qon tomirlar ishiga, nerv tizimi faoliyatiga, o'sish va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi, natijada, organizmda o'ziga xos o'zgarishlar yuz beradi. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Markaziy nerv tizimining turli qismlarida ichki sekretsiya bezlarining ishini idora etadigan markazlar joylashgan. Bezlarda esa shu markazlardan keluvchi vegetativ nervlar tannoqlangan bo'ladi. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyatiga katta yarim sharlar po'stlog'i ham ta'sir etadi. Nerv tizimi ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga bevosita va bilvosita - gumoral yo'l bilan ta'sir etadi, ya'ni boshqa ichki sekretsiya bezlarining funksiyasini o'zgartiradigan gipofizning faoliyatini kuchaytirish yo'li bilan idora etadi. Ba'zi ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar)da ishlanib chiqadigan gormonlar o'z navbatida nerv tizimi faoliyatiga ta'sir etadi. Shunday qilib, ichki sekretsiya bezlarining faoliyati o'zaro va nerv tizimi bilan chambarchas bog`langan. Download 122.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling