Mavzu: 1-sinf o‘quvchilariga matematika darslarini didaktik o‘yinlardan foydalanib tashkil qilish metodikasi. Mundarija: kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda didaktik o’yinlardan foydalanishning ahamiyati


O’quvchilarni matematikaga qiziqtirishda matematik o’yinlarning o’rni


Download 62.18 Kb.
bet5/10
Sana25.06.2023
Hajmi62.18 Kb.
#1654750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIKA DARSLARINI DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANIB TASHKIL QILISH METODIKASI

1.2. O’quvchilarni matematikaga qiziqtirishda matematik o’yinlarning o’rni.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga dastlabki matematik tushunchalarni o`rgatish uchun o`qituvchi ta`limning eng qulay usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bunda didaktik o`yinlarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun o`quvchilarga berilayotgan bilimlar ularning yosh xususiyatlariga muvofiq o`yin tariqasida uyushtiriladi.
Bundan o`yinlar jarayonida o`quvchilar matematika fanidan darslikda berilgan, o`zlashtirishi qiyin bo`lgan materiallarni oson o`zlashtiradi va shu bilan birga atrof-muhit, voqealarni kuzatishga, solishtirib ko`rishga, ular to`g`risida fikrlashga, ulardan to`g`ri xulosalar chiqarishga va xulosalarini asoslashga o`rganadilar. O`quvchilarni matematika faniga qiziqtirishni va bilim, ko`nikma, malakalarini to`g`ri egallashlariga erishishni didaktik o`yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Darsga tayyorgarlik ko`rish jarayonida didaktik o`yinlarni to`g`ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o`yinlar uchun didaktik materiallarni tayyorlab qo`yish, didaktik o`yin jarayoni uchun vaqtni to`g`ri belgilash hamda to`g`ri nazorat qilish, didaktik o`yinni yakunlash va xolisona baholash kabilarni aniq rejalashtira olish lozim. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-Didaktik materiallarni yetarli darajada tayyorlash;
-Didaktik o`yin jarayonida yo`l qo`yilgan xatolarni o`z vaqtida nazorat qilish va yo`l-yo`lakay to`g`rilab borish;
-Didaktik o`yinlar o`quvchilarda ziyraklik va mustaqillikni shakllantirib, rivojlantirishiga erishishga diqqatni qaratish lozim.
Masalan: 1-sinf I-chorakda
“Bir xonali sonlar” (25-ber) mavzusi bilan tanishtirilayotganda “To`g`ri yura olasanmi” didaktik o`yinidan foydalanilsa kutilgan natijani beradi. Bu didaktik o`yinni ikki guruhda musobaqa tarzida tashkil etish mumkin.
Didaktik o`yin uchun kerakli jixozlar: A4 format o`lchamidagi qog`oz va rangli markerlar A4 format o`lchamidagi qog`ozga rangli markerlar yordamida 1 dan 5 gacha bo`lgan sonlar ikki nusxada qog`ozga to`ldirib yoziladi va qog`oz hamda yozuvlar sifatiga zarar yetmasligi uchun politelin xaltacha kiydirilib, mustahkamlanadi. “To`g`ri yura olasanmi” didaktik o`yinini tashkil qilish qoidasi Sinf o`quvchilar teng ikki guruhga bo`linadi. Sonlar yozilgan tarqatmalar har ikkala guruh o`quvchilariuchun alohida-alohida joylarda, bir-birlariga xalaqit bermagam holda, erkin harakatlanishi uchun qulay holatda, qadamlar kengligida sinf xonasi poliga qo`yiladi. Guruh a`zolariga didaktik o`yin qoidasi tushuntiriladi. Didaktik o`yinni guruhninf birinchi raqamli o`quvchilari boshlab beradilar. Ularga o`yinni boshlash uchun ruxsat berilganda sonlar ustidan asta-sekin harakatlanadilar. Ya`ni 1, 2, 3, 4, 5 sonlari ustidan yurib boradilar, so`ng esa orqaga qaytadilar, ya`ni 5, 4, 3, 2, 1 tarzida. Didaktik o`yin shu tariqa guruhlarning barcha ishtirokchilari bajargunlarigacha davom etadi. Bu didaktik o`yinga sinf o`quvchilari sonidan kelib chiqib vaqt belgilanadi. Didaktik o`yin jarayonida sonlarni o`ngdan va teskaridan sanash bo`yicha ma`lum ko`nikmaga ega o`quvchilar tomonidan muvaffaqiyatli bajariladi. Sonlarni o`ngdan va teskaridan sanash bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lmagan o`quvchilarda kutilgan natijani bermaydi. Buning o`qibatida ular xafa bo`lib qolishlari ham mumkin.Bundan cho`chimaslik lozim. Keyingi darslar jarayonida ham takror-takror qo`llanaverish natijasida kutilgan samarani beradi. O`quvchilarga bu didaktik o`yindan faqat o`qituvchi rahbarligida sinfdagina bajarilmasligi, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham, uyda uy vazifalarini bajarish jarayonida ham bemalol foydalanish mumkin. Bunda A4 format o`lchamidagi qog`oz va rangli markerlar bo`lishi shart emasligi, oddiygina sinf xattaxtasida yozuv quroli sifatida foydalaniladigan rangli bo`rlardan ham foydalanish mumkinligi uqtirilishi lozim. Sinf o`quvchilarining hammasi ham juda faol bo`lmasligi mumkin.
Sinfning ba`zi o`quvchilari o`ta tortinchoq bo`lishadi. Ular hamma vaqt ham o`zining “Men”ini chiqara olmay qinaladilar.Bunday o`quvchilar hamma vaqt ham dars jarayonida tashkil etiladigan didaktik o`yinlar jarayonida qatnashmasliklari ham mumkin. Bunday o`quvchilar payt poylab turib xattaxtadagi yozuv quroli bo`lmish rangli bo`rlarni olib qo`yib, uyda, boshqalar e`tiboridan chetda asphalt ustiga chizib bajarishlari mimkin va mustaqil bajarib bilimlarini mustahkamlaydilar. Ba`zan shunday holatlar ham bo`ladiki, o`qituvchi bunday didaktik o`yindan faqatgina bir xonali sonlar bilan tanishtirish jarayonida foydalanadi-yu ikki-uch xonali sonlar bilan tanishtirish jarayonida foydalanmasligi mumkin. Lekin o`quvchilar uyda yoki tanaffus vaqtlarida mustaqil bu didaktik o`yinlardan foydalanib, bilimlarini boyitadilar. Eng asosiysi biz ustozlar har bir dars mashg`uloti uchun didaktik o`yinlarni to`g`ri tanlay olishimiz va o`quvchilarga o`rgata olishimizdir.


Download 62.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling