Mavzu-10. Diagnostika tashqi belgilar, parametrlar va me’yorlar -2soat Reja
Download 137.45 Kb.
|
Mavzu 10 INvaDA 2022 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.5 Diagnostik me’yorlar
- Boshlang‘ich me’yor (S b )
Serma’nolik xususiyati. Diagnostik parametrning serma’noliligi (Ii) shu parametr yordamida topiladigan, diagnostikalash Ob’ektidagi nosozlik borligi ehtimolligining pasayishi bilan miqdoran aniqlanadi.
bu yerda: Nx – mazkur diagnostik parametr yordamida aniqlanadigan nosozlikning diagnostikalash Ob’ektida borligi ehtimolligi; Ni – mazkur diagnostik parametrning miqdori to‘g‘risidagi axborotdan foydalangandan so‘ng diagnostikalash Ob’ektida nosozlikning borligi ehtimolligi. 10.5 Diagnostik me’yorlar Diagnostik parametrlarning joriy qiymatlarini me’yoriy qiymatlar bilan taqqoslab, texnik holatning turi, transport vositasining sozligi, nosozligi, ishga qobiliyatli yoki qobiliyatsiz ekanligi hamda ekspluatatsiyani davom ettirish yoki keyingi ekspluatatsiyani to‘xtatish to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ekspluatatsiya jarayonida, ko‘p hollarda, ishlash davomiyligining o‘sishi bilan asta-sekin o‘zgaradigan diagnostik va tuzilmaviy parametrlar uchraydi. Bu parametrlarning bir qadar o‘zgarishiga qaramasdan xavfsizlik va iqtisodiy maqsadga muvofiqlik mezonlari bo‘yicha Ob’ektning ekspluatatsiyasi davom ettirilishi mumkin. Shuning uchun texnik hujjatlarda transport vositasining keyingi ekspluatatsiyasi mumkinligini bildiradigan parametrlar miqdorlarining oraliqlari keltirilishi mumkin. Diagnostik me’yorlarga quyidagilar kiradi (10.6-rasm). Boshlang‘ich me’yor (Sb) – Dastlabki (nominal) qiymat diagnostik parametrning miqdoriga, u esa chiniqtirish va ishlatib moslashdan o‘tgan yangi, soz transport vositasining tuzilmaviy parametriga mos keladi. Dastlabki qiymat, loyihalashda belgilanadi va ishlab chiqarishda ta’minlanadi, ya’ni Ob’ektni sozlaydilar yoki ta’mirlaydilar. Boshlang‘ich me’yor texnik hujjatlarda keltiriladi. Ekspluatatsiya jarayonida tuzilmaviy parametrlar o‘zgaradi (kattalashadi yoki kichiklashadi), bu transport vositasi xususiyatlarining yomonlashuviga olib keladi. Masalan, silindr devori va porshen orasidagi tirqishning yeyilish natijasida kattalashuvi dvigatel quvvatining pasayishiga va transport vositasi dinamikligining yomonlashuviga olib keladi. Tirqishning kattalashuvini “kompressiya” deb ataladigan diagnostik parametr yordamida baholash mumkin. Download 137.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling