Mavzu-11: «Ish haqini tashkil etish». Reja
Ishchilar ish haqining shakl va tizimlari
Download 41.32 Kb.
|
11-MAVZU. MTE
Ishchilar ish haqining shakl va tizimlari.
Bozor sharoitiga o’tish davrida iqtisodiyotimiz oldida turgan vazifalarni xal etish, xalq turmushini moddiy va ma’naviy yuksaltirish, ishlab chiqarishni intensivligini yo’llarini kuchaytirish, ish xaqini tashkil etishning yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarish korxonalarida ish xaqi shakllari sarflangan mehnat miqdorini o’lchashning ikki usuliga qarab farqlanadi, tayyorlangan mahsulot (bajarilgan operatsiyaga) sarflangan vaqtarif va mahsulot miqdori bilan belgilanadi. SHundan kelib chiqib, ish xaqining: Ishbay; Vaqtbay shakllari mavjuddir degan hulosaga kelamiz. Ish xaqining vaktbay shaklida bajarilgan ish uchun to’lanadigan ishlangan vaqtga hamda tarif razryadiga qarab hisoblanadi. Ish xaqining ishbay shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish miqdori tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan ish birligiga to’lanadi ish xaqining miqdoridan iborat ishbay ratsenkaga muvofiq hisoblanadi. Ish xaqining biron-bir shaklini tanlash kankret ishlab chiqarish sharoiti va oklardagi ishchilarning mehnat mazmunini batafsil tahlil qilish asosida olib boriladi. hozirgi vaqtda fabrika, zavod va muassasalar rahbarilari ish xaqi shakl va tizimlarini tanlash huquqiga egadirlar. Bu tartib «Davlat korxonalari to’g’risidagi Nizom»da ifodalangan. Ishbay ish xaqini tashkil etish va undan samarali foydalanish bir qator shartlarga rioya qilishni nazarda tutadi. Ulardan birinchisi-ishchilar mehnat sarfini me’yorlash va hisobga olish imkoniyati bo’lib, bu ana shu sarflarni bevosita va to’la aks ettiriladigan mehnat unumining miqdoriy ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir. Ishbay ish xaqi formasini qo’llanishi ish bajaradigan har bir operatsiyaga, har bir mahsulotga asoslangan ishlab chiqarish korxonasi va ishbay ratsenka belgilanishini talab etadi. Individul ish xaqi sistemasida bajarilgan har bir ish birligiga to’lanadigan ish xaqi uchun o’zgarmas ishbay ratsenka belgilanadi. Ish xaqining umumiy miqdori: Im * R P Bu yerda: Im-ishbay ish xaqi miqdori; R-ishbay usulida bajarilagan ish birligiga ishbay ratsenka; P-bajariladigan operatsiyalar yoki buyumlar miqdori. Ishbay ratsenka-har qanday ishbay ish xaqining asosiy elementidir. qarab chiqilayotgan tizim sharoitida ratsenka quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda: R - ishbay ratsenka; TSr - bajarilayotgan ishlar razryadiga muvofiq bo’l-gan tarif stavkasi; Mn - ishlab chiqarish normasi; V - vaqtarif normasi; Ishbay ratsenka belgilashda tarif stavkalari asos qilib olinadigan tegishli vaqtarif birliklarini ta’minlash zarur. Vaqtarif birliklariga esa norma belgilanadi. Agar smena ishlab chiqarish normasi belgilangan bo’lsa, ratsenkani hisob-kitob qilishda bir kunlik, smena, tarif stakkasidan foydalaniladi, soatbay ishlab chiqarish normasi belgilanganda esa ratsenkani aniqlash uchun soatbay tarif stavkasidan foydalaniladi. Bevosita individual ish xaqi tizimi juda oddiy bo’lib ishlab chiqarish sharoitiga u ko’ra ishlarning bir ijrochi tomonidan bajarilishi mumkin bo’lgan joylardagina maqsadga muvofiqdir. Individual ishbay ish xaqi yengil va to’qimachilik sanoatida, shuningdek mashinasozlik sanoati korxonalaridagi stanok hamda slesarlik ishlarida keng qo’llaniladi. Agar ishbay ishlovchi ishchi vaqtarif normasiga ko’ra bir necha stanokda ishlasa (ammo unga belgilangan xizmat ko’rsatish normalari doirasida) ishbay ratsenkalar quyidagi formulaga ko’ra belgilanadi: Bu yerda: R-operatsiyalar bajarilishi belgilangan ishbay ratsenkasi; TSr-bajarilayotgan ish razriyadiga muvofiq bo’lgan tarif stavkasi; P-xizmat ko’rsatish normasi bilan belgilanadigan stanoklar soni; Vn-vaqtarif operatsiyalarini bajarish uchun belgilangan vaqtarif normasi. Kollektiv (brigada) ishbay ish xaqi tizimi ish xaqining shunday bir tizimidirki, bunda ishchining ish xaqi ishlab chiqarish brigadasi bajaradigan ishlar (mahsulot miqdori) hajmiga muvofiq hisoblanadi. Ishbay ish xaqining bu turi bir guruh ishchilarning ayrim ijrochilar bajara olmaydigan ishlab chiqarish topshiriqlarnini birgalikda bajarishi zarur bo’lgan hollarda samara beradi. Jamoaviy ish xaqi tizimi doirasi ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashga joriy etishga qarab, keng qo’llanila boshlandi. Bu yerda ishchida individual ish normasini belgilash mumkin emas, ammo provard mahsulotda har bir ishchining mehnati gavdalanadi. Umumiy kollektiv ratsenkalarini belgilashning ikki varianti bor. Birinchi variantda brigada a’zolarining bir kunlik tarif stavkalari miqdori quyidagi formula asosida brigadaning smenadagi ishlab chiqarish normasiga bo’linadi. Bu yerda: Rp - kollektiv ishbay ratsenkasi; Mn - brigadadagi ishchilar soni; Ts - tarif stavkasi; Nbr - brigada ishlab chiqarish normasi; Brigadaning umumiy ish xaqi umumiy kollektiv ratsenkasining tayyorlangan mahsulotlar miqdoriga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi. So’ngra u har bir ishchining razryadi hamda hisobot davri ichida haqish xaqiqatda ishlagan vaqti hisobga olingan holda brigada a’zolari o’rtasida taqsimlanadi. Akkorda sistemasi kollektiv ishbay ish xaqining o’ziga hos formasidan iboratdir. Bu holatda ish xaqi miqdori har bir ishlab chiqarish operatsiyasi yoki ayrim buyumlar uchun emas, balki amaldagi normalar hamda ayrim ishlab chiqarish operatsiyalari va muayyan kompleksga kiradigan ish turlari uchun belgilanadigan ratsenkalar asosida ishlarning butun kompleksi uchun belgilanadi. Ayni bir vaqtda akkord sistemasi ishbay sistemalaridan shunisi bilan farq qiladiki, bunda ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish uchun to’lanadigan umumiy ish xaqining miqdori brigada ishchilariga ish boshlanishidan oldin e’lon qilinadi. Odatda bu tizimni akkord topshirig’ini bajarish muayyan muddati belgilanadi. Akkord naryadi olgan ishchilar ish hajmi hamda muayan muddat ichida bajarganligi uchun oladigan ish xaqi summasini yaqqol tasavuvur etadilar. Bu holda ishchilarning ishni bajarish muddatilarini muddatlarini qisqartirishdan manfaatdorligini ta’minlaydi. Agar akkord topshirig’ini bajarish uchun uzoq vaqtarif talab qilinadigan bo’lsa, muayyan oy uchun akkord naryadlari bbo’yicha bajariladigan ishlar hajmi e’tiborga olingan holda avans beriladi. Butun ish tugallangandan keyin uzul-kesil hisob-kitob qilinadi. Bilvosita ishbay tizimi deb ishchining ish xaqi uning shaxsiy ish unumiga emas, balki boshqa ishlar mehnat natijalariga bog’liq qilib qo’yilgan sistemaga aytiladi. Ish xaqi u to’lashning bu tizimlariga yordamchi ishchilar uchun qo’llaniladi. Bilvosita ishbay tizimi rastsenkalarini bu tizim asosida ish xaqi to’lanadigan yordamchi ishchining kunlik tarif tizimini asosiy ishchi va xizmat ko’rsatuvchi ishini smenadagi ishlab chiqarish normasiga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Bu sistemada ishchilarning ish xaqiga tarif tizimi asosida hamda xizmat ko’rsatiladigan asosiy ishchilar tomonidan normalarning bajarilishi protsenti asosida bilvosita ratsenkani hisob-kitob qilmasdan aniqlash mumkin bo’ladi. bunday holatda muayyan vaqt ichida ishlagan yordamchi ishchining tarif stavkasi shu davr ichida xizmat ko’rsatiladigan barcha ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarish o’rtacha prtsentiga ko’paytiriladi. Ishbay-progressivi tizimi normalarini belgilashning oldin belgilangan darajasidan boshlab operatsiya, detalь yoki buyumlar uchun belgilangan ishbay ratsenkaning muayyan darajasida ko’payishidan iboratdir. SHunday qilib, ishbay ratsenkalar normalarini bajarishning erishilgan natijalariga qarab tabaqalashtiriladi. Bir hil operatsiyalar, detalь va hokazolarga turlicha haq to’lanadi hamda normalar qanchalik ortiq bajarilsa, har bir bajariladigan ish birligiga shuncha yuqori ratsenka belgilanadi. Bu tizimning tarkibiy qismi normalarni bajarishning dastlabki darajasi hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyotining ta’siri ostida va ishlab chiqarishning kompleks rivojlantirish, uning samaradaoligini oshirishasosida asta-sekin mehnatga haq to’lashning ishbay shaklidan vaqtbay shakliga o’tish uchun sharoit yaratilmoqda. Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimga: oddiy vaqtbay va vaqtbay-mukofot tizimiga bo’lanadi. Ish haqini hioblab o’tkazish o’z yo’liga ko’ra oddiy vaqtbay to’lanadigan bo’lsa, ishchining soatlik tarif stavkasi ishlangan soatlar soniga ko’paytirish yo’li bilan hisoblab yaiqiladi. Kunbay ish haqida mehnat haqish haqi kunlik tarif stavkasini haqish haqiqatda ishlangan kunlar (smena) soniga ko’paytirish yo’li bilan hisoblab topiladi. Oylik ish haqida ishchilarga qat’iy oylik ish haqi belgilanadi. Vaqtbay-mukofot ish haqi tizimi-vaqtbay ishlovchi ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashdan moddiy manfaatdor qiladi. Hozirgi vaqtda shu tizim asosida barcha vaqtbay ishlovchilarning 90 %ga yaqiniga ish haqi to’lanadi. Mukofot ish ko’rsatkichlari muayyan ishlab chiqarishning o’ziga xos hususiyatlari (masalan, uskuna)ning bekor turishini qisqartirish, hom ahyo materiallarini tejash, avariyaga yo’l qo’ymaslik va hokazolarga qarab turlicha bo’lishi mumkin agregatlar uchastkalar, smnelar, tsexlar yoki umuman korxonaning mahsulot ishlab chiqarish rejani bajarilish mukofot olishning majburiy shartlaridandir. Ishning sifati, ayrim hollarda miqdori uchun vaqtbay ish haqining mukofot bilan olib borilishini, ilmiy asoslangan xizmat ko’rsatishning joiry etilishi, topshiriqlarni qat’iy normalash vaqtbay ish haqi shaklining rolini kuchaytiradi va uni keng yoyish uchun shart-sharoit yaratadi. Har qanday ishbay ish haqi ishlab chiqarilayotgan mahsulot ishlab chiqarish va belgilashga asoslanadi. Normalar muayyan ishlab chiqarish texnika shart-sharoitlari uchun belgilanganligi tufayli mana shu shartlar o’zgarishi bilan normalar ham qaytadan ko’rib chiqilishi lozim. Ayni bir vaqtda ishbay rastsenkalar ham o’zgaradi. SHu sababli ularni ham qayta ko’rib turish lozim. Download 41.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling