Mavzu-11: «Ish haqini tashkil etish». Reja


Ish haqining tarif sistemasi


Download 41.32 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi41.32 Kb.
#1053440
1   2   3
Bog'liq
11-MAVZU. MTE

Ish haqining tarif sistemasi.
Tarif tizimi-ishchi va xizmatchilarga haq to’lashning qoida va qonunlar mavjmuasi bo’lib, ularning mehnatiga mana shu qonun va qoidalar asosida haq to’lanadi. Davlat tarif tizimi yordamida xalq xo’jaligini ayrim tarmoqlari iqtosidiy rayonlari o’rtasida, mehnat malaka hamda xaq to’lash shakliga qarab ishchilar guruxi o’rtasida ish xaqi belgilanishini boshqaradi.
Tarif tizimini vazifasi mehnatning sifati (malakasi) va sharoitiga, ishlab chiqarish tarmog’ining xalq xo’jaligiga axamiyati hamda korxonalarning teretorial joylashuviga qarab ishchilarning ish xaqini tartibga solishni ta’minlashdan iboratdir. Bu vazifa tarif tizimining ayrim tarkibiy qismlarini to’g’ri tuzish, ya’ni tarif malaka spravochnigini ishlab chiqish tarif jadvalini va tarif stavkasini tuzish yo’li bilan xal etiladi.
Tarif tizimi keng ma’noda injener- texnik xodimlar va xizmatchilarning shtat bo’yicha oylik tizimini ham o’z ichiga oladi. Ammo ishchilar bilan injener-texnik xodimlar hamda xizmatchilar ish xaqini tashkil etish o’rtasidagi muxim farqlar shu kategoriyadagi xodimlar ish xaqini tashkil etishning uslubiy jixatdan aloxida olib qarash zaruratini tug’diradi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, rayon koeffitsientlari tarif tizimini bunday elementlari barcha kategoriyadagi xodimlar uchun umumiy axamiyatga egadir. +uyida tarif tizimining har bir elementini aloxida-aloxida ko’rib chiqamiz.
Tarif-malaka spravochnigi ishlab chiqarishning muayyan tarmog’idagi barcha asosiy ish turlarini, shuningdek, muayyan tarif guruxi ishchilariga qo’yiladigan asosiy talablar bo’yicha malaka tarifi to’plashdan iborat. Ishchining malaka ko’rsatkichi unga berilgan tarif razryadi xisoblanadi. Eng oddiy ishlarni bajaruvchi ishchilar birinchi razryadga kiradi.
Vazifa-turli kasb va ixtisoslardan ishchilar mehnatining sifatini to’g’ri aniqlash va ularni malaka guruxlari, razryadlar bo’yicha taqsimlashdan iborat. Buning uchun har bir ishlab chiqarishda muayyan malaka belgilari bo’yicha bajariladigan ishlarga sifat jixatidan xarakteristika berish kerak bo’ladi.
Ishlarni ko’rsatilgan belgilar bo’yicha to’la tavsifi maxsus tarif malaka kartalarida beriladi. Bu kartalar spravochniklarni ishlab chiqishda dastlabki xujjat xisoblanadi.
Tarif-malaka spravochniklarini ishlab chiqishda ishlar murakkabligini baholashning analitik metodini qo’llaniladi. Uning mohiyati shundan iboratki, mehnat jarayoni har qanday mehnat turiga xos ayrim ishchi funktsiyalariga bo’linadi:
Xisob funktsiyasi, ya’ni ishchining ish jarayoni boshlanishidan oldin hamda ish jarayoni vaqtidagi barcha yumushlarni bajarishi;
Ish joyini tayyorlash yoki asbob-uskunalarni tanlash, uskunalarni sozlash, detallarni o’rnatish va xokazo;
Ish jarayonini yuritish, ya’ni ishchining mehnat predmetini ishlashga, uning xossalarini yoki xolatini o’zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati;
Ish jarayonida uskunalarning boshqarilishi.
Bundan tashqari, ishlar murakkabligini baholashda ijrochining ishonchliligi va ishchining ma’suliyati xisobga olinadi.
Tarif-malaka spravochnigiga muvofiq har bir ishchiga shaxsiy tarif razryadi beriladi. Ishchi tegishli sinovdan o’tadi, ya’ni unga beriladigan razryadga to’g’ri keladigan ishni bajaradi. Razryadlar maxsus malaka komissiyalari tomonidan beriladi. Bu komissiyalar tarkibiga ma’muriyat, kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari, shuningdek, ishchi sinovdan o’tayotgan uchastkaning masterlari va ilg’orlari kiradi. Razryad berilishi malaka komissiyasining bayoni bilan rasmiylashtiriladi, korxona bo’yicha buyruq bilan tasdiqlanadi va ishchining mehnat daftarchasiga hamda mehnatni xisobga olib va xaq to’lash xujjatlariga yoziladi.
Tarif-malaka spravochniklari yagona struktura:
Umumiy qism;
Malaka tavsifi
Kasblarning alfavit ko’rsatkichiga egadirlar.
Umumiy qismda ishchilarga qo’yiladigan talablar, ayrim ishlab chiqarish xususiyatlari, yangi ishlar tarif belgilari tartibi, spravochniklarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish qoidalar bayon etiladi. Spravochnikni asosiy qismi malaka tavsifi xisoblanadi.
Bu qism uch bo’limdan iborat:
Birinchi bo’lim «Ishchilar xarakteristikasi» deb yuritiladi. Bu bo’limda muayyan razryaddagi ishchi bajaradigan ishlar bayon etiladi, bu ishlarni murakkablik darajasi ko’rsatiladi. Ularni bajarishda ishchining mustaqilligi, uskunalarni sozlash, rejimlar va ishlov berish usullarini tanlash va xokazolar ko’rsatiladi;
Ikkinchi bo’lim «Bilishi lozim bo’lgan ishlar», bunda birinchi bo’limda ko’rsatilgan ishlarni bajarish uchun ishchi egallashi kerak bo’lgan bilimlarga qo’yiladigan asosiy talablar ko’rsatiladi;
Uchinchi bo’lim «Ishlar namunalari»-kasblar va razryadlar bo’yicha ishlab chiqarishning muayyan tarmog’i uchun tipovoy xisoblangan kasblar va razryadlar bo’yicha ishlar ro’yxati bayon etiladi.
Tarif jadvali tarif tizimining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Bu jadvalni vazifasi uning yordamida ishchilarga ular malakasiga muvofiq ish xaqi to’lash zarur farqlarini aniqlashdan iborat. Tarif jadvali tarif razryadlari va tarif koeffitsientlaridan tashkil topadi.
Razryad belgilashda esa ishchiga qanday ishni topshirishni aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu ishchi uchun juda katta moddiy va ma’naviy axamiyatga egadir. ish xaqish xaqi miqdori ishchining qanday ishni bajarayotganligiga bog’liqdir.
Ishchiga qayta tarif belgilash yoki turli tarif jadvallarini, shuningdek, ishchilar malaka tarkibini qiyosiy taxlil qilishda o’rtacha tarif razryadlari hamda o’rtacha tarif koeffitsientlaridan keng foydalaniladi.
Birinchi razryad tarif stavkasi-ish vaqti birligiga (soat, oy, kun) quyi malakadagi ishchilar mehnatga ish xaqish xaqi to’lashni belgilaydi, birinchi razryad tarif stavkasi belgilangan ish xaqish xaqi minimumdan kam bo’lishi mumkin emas. Ammo u turli tarmoqlardagi ishlab chiqarish xarakteri va mehnat sharoitiga bog’liq ravishda ana shu minimumdan ortiq bo’lishi mumkin.
Tarif stavkalarida belgilangan farqlar noqulay ish sharoitlaridagi uchastkalariga muayyan kasb va malakalaridagi ishchilarni jalb etish uchun omil bo’lib xizmat qiladi. Masalan, quyidagi guruxlarga ishchilar ajratib ko’rsatiladi:
Normal ish sharoitida ishlaydigan ishchilar;
Og’ir va issiqlik bilan bog’liq ishlarda hamda zararli ish sharoitlarda ishlaydigan ishchilar;
Aloxida og’ir va zararli ish sharoitlarida ishlaydigan ishchilar.

Download 41.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling