Mavzu-12: Bino va uning konstruktiyasi emirilish darajasini baholash
Download 173.95 Kb.
|
12-mavzu 8 semestr
Ekspluatatsiya jarayonida esa binoning dastlabki ishonchliligi vaqt o‘tishi bilan kamayib boradi. Bu esa binoda doimiy profilaktik- taʼmirlash ishlarini, zarur hollarda esa kapital taʼmirlashni talab qiladi. Ekspluatatsiya jarayonida binoga taʼsir qiluvchi omillarning soni va kelib chiqishi tabiati shunchalik ko‘p va ehtimoliydirki, shuning uchun ham binoning ishonchlilik parametrlari ehtimoliy ko‘rinishga ega.
“Ishonchlilik” tushunchasi “soz holat”, “ishga yaroqli holat”, “cheklangan ishga yaroqlilik holati”, “ishdan chiqish” va “konstruksiyaning chegaraviy holati” lariga asoslanadi. Soz holati- obeʼktning barcha meʼyoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlaridagi talablarga mos keladigan holati. Ishga yaroqli holati- obʼektning berilgan funksiyalarini bajarish chog‘ida qayd qilingan barcha parametrlarining qiymati meʼyoriy- texnik hujjatlarda talab kilinadigan kiymatiga mos keladigan xolati. Cheklangan ishga yaroqli holati- obʼekt konstruksiyalar xolatini, texnologik jarayon ko‘rsatkichlarini yoki boshka ekspluatatsiya shartlarini nazorat qilishda maxsus (ekspluatatsiyaning ruxsat berilgan sharoitlarida) tadbirlar bajarishni talab qiladigan holati. Ishdan chiqish holati- berilgan funksiyalarni bajarish chog‘ida obʼektning ish qobiliyatini xarakterlovchi hech bo‘lmaganda bitta parametr qiymatining meʼyoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarining belgilangan qiymatiga mos kelmaydigan holati. Ishdan chiqish holati ishonchlilik nazariyasida tayanch termin sifatida qo‘llaniladi. Ishdan chiqish holati tasodifiy kattalik bo‘lib, uning kelib chiqishi juda ko‘plab tashqi va ichki omillarga bog‘liqdir. Ishdan chiqish holati asta-sekinlik bilan yoki birdaniga paydo bo‘lishi mumkin. Asta-sekinlik bilan yuzaga keladigan ishdan chiqish holati konstruksiyaning vaqt o‘tishi bilan eskirishi va yemirilishi bilan bog‘liq. Favqulodda ishdan chiqish esa ko‘zda tutilmagan turli tashqi tabiiy va texnogen omillar taʼsirida yuzaga keladi. Chegaraviy holati - bino (inshoot)ni yuk ko‘taruvchi elementlarining bundan keyin ularni o‘z funksiyalarini bajarishiga ruxsat etilmaydigan yoki maqsadga muvofiq emas (uning soz yoki ishchi holatini qayta tiklash imkoniyati yo‘q yoki maqsadga muvofiq emas)ligida namoyon bo‘ladi. Chegaraviy holat bino konstruksiyasi va muxandislik jihozlariga tegishlidir. Bino yoki inshootning chegaraviy holati esa doimiy amalga oshiriladigan taʼmirlash ishlari va alohida elementlarni almashtirish orqali bartaraf etish mumkin. Binolarning ishonchliligi to‘rtta asosiy ko‘rsatkich bilan baholanadi, bular: ishdan chiqmaslik ehtimoli, umrboqiylik, taʼmirtalablik, saqlanuvchanlik. ishdan chiqmaslik ehtimoli - bino yoki inshootning hamda ularning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining o‘z vazifalarini aniq belgilangan muddat ichida qayta tiklanmasdan bajara olishi imkoniyati tushuniladi. Obʼektning 0 dan t vaqt oralig‘idagi ishdan chiqmaslik ehtimoli, ushbu vaqt intervalida obʼektda ishdan chiqish holati paydo bo‘lmaydi, yaʼni obʼektning ishlash vaqti berilgan vaqtdan ko‘p deb hisoblanadi. Ishdan chiqmaslik ehtimoli birlik ulushlarida hisoblanib, uning qiymati 0 dan 1 gacha bo‘lishi mumkin. umrboqiylik- obʼektning ishchi holatini chegaraviy holat yuzaga kelguncha (zaruriy texnik xizmat va taʼmirlarni hisobga olgan holda) saqlay olishi imkoniyatidir. Agarda obʼekt maʼlum bir muddat t boshl soz holatda xizmat qilgan bo‘lsa, uning qoldiq xizmat davrini T qol, yaʼni soz holatda ishlashining qoldiq davrini aniqlash mumkin. P(táîøë t) Têîëä 0 (1) P(táîøë ) Bino yoki inshootda, agarda ularning ekspluatatsiyasi to‘g‘ri tashkil etilgan holda foydalinilsa, butunlay obʼekt uchun real ekspluatatsiya sharoitida chegaraviy holatgacha yetib kelish amalda mumkin emas. Bunday holat alohidagi konstruktiv elementlar yoki muhandislik tarmoqlari uchun xarakterlidir. Shuning uchun “umrboqiylik” termini alohidagi konstruktiv elementlar yoki muhandislik tarmoqlari uchun ahamiyatlidir. Download 173.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling