Mavzu №12. Katta guruhda bolalarini tasviriy-ijodiy faoliyatga o’rgatish shakl va metodlari Reja


Download 32.15 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi32.15 Kb.
#1483660
  1   2   3   4
Bog'liq
12-seminar


Mavzu № 12. Katta guruhda bolalarini tasviriy-ijodiy faoliyatga
o’rgatish shakl va metodlari
Reja
1. Katta guruh bolalarini tasviriy-ijodiy faoliyatga o’rgatish
2. Applikatsiya bo’yicha olib boriladigan ijodiy mashg’ulotlar
3. Bolalarni ertak asosida rasm chizish, siluetlardan applikatsiyalar yasashga o’rgatish
4. Loy bilan ishlash, dekorativ rasm chizish mashg’ulotlari
Birinchi asosiy savolga metodik tavsiyalar
Ijodiy topshiriqlar ikki turga ajratiladi. Birinchisi obraz xarakterini ochib berish – inson, hayvonlar hatti-xarakatlarini tasvirlash bilan bog’liq. Ikkinchisi uncha katta bo’lmagan xaykallar guruhini ikki yoki uch xil shakldagi loydan yasashga qaratilgan vazifa bo’lib, unda bolalar obraz xarakteri va harakatlar dinamikasi, personajlar o’rtasidagi proportsional va o’zaro munosabatlarni ifodalashga harakat qiladi.
Birinchi turdagi topshiriqlarni bajarish uchun bolalarga biror bir mavzuni tavsiya etish mumkin. Topshiriq bolalar oldiga u yoki bu personaj xarakatini ifodalash zarur ekanligini qo’ya olsin. Shunday mavzuni tanlash mumkinki, bola bunday harakatni nafaqat ko’rgan, balki o’zi bajargan bo’lsin: “Bayramlarda men qanday raqsga tushaman”, “Koptok bilan qanday o’ynayman” va h.k. Bunday topshiriq xarakatlarni sinchiklab kuzatish, detellar (tana qismlarining holati)ga diqqat bilan e’tibor qaratishni talab etadi.
Ushbu mavzularda olib boriladigan (loy ishi) mashg’ulotlariga oldindan tayyorgarlik ko’rish maqsadida tarbiyachi bayramda raqsga tushishni o’rgatish jarayonida bolalar diqqatini tana, qo’l, oyoq harakatlari holatiga qaratadi.
Ijodiy topshiriqning ikkinchi turi loydan uncha katta bo’lmagan haykalchalar guruhini yasash bilan bog’liq. Katta guruhdan boshlab bolalar oldiga murakkab bo’lmagan syujetni ifodalash vazifasi qo’yiladi. Bu turli janrdagi (“Ovchi va kuchukcha”, “Qizcha qushlarga don bermoqda”, “Bola ukasini bog’chaga olib ketmoqda”) mavzular yoki ertak (“Zumrad va Qimmat”, “Bug’irsoq”) mavzularida bo’lishi mumkin. Albatta, tarbiyachi bolalarni bunday topshiriqni bajarishga oldindan tayyorlaydi. Ushbu mavzularda bolalar bilan suhbatlar olib borib, asosiy e’tiborni obrazlarning xarakter xususiyatlariga qaratadi.
Muntazam olib borilgan loy ishi mashg’ulotlari natijasida bolalar predmetni xarakterlovchi belgilar, shakl, proportsiya, ifodali harakatlarning o’ziga xos xususiyatlarini tasvirlay olish ko’nikmasiga ega bo’ladilar.

Download 32.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling