Mavzu №12. Katta guruhda bolalarini tasviriy-ijodiy faoliyatga o’rgatish shakl va metodlari Reja
To’rtinchi asosiy savolga metodik tavsiyalar
Download 32.15 Kb.
|
12-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
To’rtinchi asosiy savolga metodik tavsiyalar
Bir necha mashg’ulotlar davomida bolalarni faoliyat olib borish yo’llari, ya’ni topshiriq qanday ketma-ketlikda, qanday usullarda bajarilishi bilan tanishtirish ishlarini tashkil etish mumkin. O’zlashtirigan xatti-harakat usullari va ko’nikmalari asosida bolalar oldiga mustaqil ravishda loydan biror-bir predmet yasash vazifasi qo’yiladi. Tarbiyachi bir necha bor ko’zatish jarayonida bolalarni hayvonning tik turgan yoki harakatdagi holatini loydan yasash mumkinligi bilan tanishtiradi. U ayrim harakatlar (hayvonning tanasi, boshi, bo’yni, oyoqlari egilgan holatlar)ni ko’rsatishi lozim. Bu bola mustaqil qaror qabul qilishiga albatta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, “Hayvonot bog’i” mavzusidagi mashg’ulot boshlanishidan oldin tarbiyachi bolalarga shunday deydi: “Biz bugun sizlar bilan hayvonot bog’ida ko’rgan hayvonlar va qushlarni loydan yasaymiz. Kimga nima yoqqan bo’lsa, shuni yasaydi. U fe’l yoki she’r, ayiq yoki bo’ri, timsoh yoki tutiqush bo’lishi mumkin”. Nima yasamoqchi ekanliklari so’rab bo’lingach, bolalar diqqati hayvon harakati xaykalchada o’z ifodasini topsa, u yanada jozibaliroq chiqishiga qaratiladi. Bolalar ob’ektni mustaqil ravishda tanlab, tarbiyachi tomonidan oldin ko’rsatib o’tilgan harakatlarni ifodalash usullaridan foydalangan holda ularni loy yoki plastilindan yasaydilar. Bolalar ertakdagi obrazlarni harakat holatini mustaqil loydan yasashga o’tadilar: dastlab etyud xarakteridagi topshiriqlarni – biror-bir obrazni alohida ko’rinishda, keyinchalik asar qahromonlarining birgalikdagi o’zaro munosabatlari, harakatlari aks etgan holatlarni bajaradilar. Nazorat savollari 1. Katta guruhda bolalarni tasviriy-ijodiy faoliyatga o’rgatish turlariga izoh bering. 2. Applikatsiya bo’yicha olib boriladigan ijodiy mashg’ulotlardagi elementlarni bajaring. 3. Ertaklar asosida rasm chizing, siluetlardan applikatsiyalar yasang, bolalrni unga o’rgatish metodlarini qo’llang. 4. Loy bilan ishlash, dekorativ (xalq amaliy bezak san’ati sohasida) rasm chizishga o’rgatish metodlarini qo’llab ko’rsating. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T., “Ma’naviyat”, 2008 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Maktabgacha ta’lim muassasalarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 2017 yil, 9 sentyabr. 3. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi. – T., 2018 4. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. – T., 2017. Download 32.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling