Mavzu №12. Katta guruhda bolalarini tasviriy-ijodiy faoliyatga o’rgatish shakl va metodlari Reja
Download 32.15 Kb.
|
12-seminar
Ikkinchi asosiy asosiy savolga metodik tavsiyalar
A p p l i k a ts i ya bo’yicha olib boriladigan ijodiy mashg’ulotlar mazmuni asosini tabiat va jamiyatda uchraydigan hodisalar mavzusidagi rasmlarni qog’ozga elimlash ishlari tashkil etadi: “Oltin kuz”, “Akvarium”, “Qaldirg’ochlar uchib keldi”, “Bahor gullari” va h.k. Bundan tashqari: “Navro’z bayrami”, “Archa bayrami”,”Mustaqillik bayrami” kabi mavzular ham shular jumlasidandir. Bunday topshiriqlarni bajarish uchun rangli qog’ozlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Yumshoq, to’q fondagi ranglar turli xil ochiq ranglar bilan hamohang bo’ladi. Katta guruhlarda kontur ifodasining asosi bo’lgan s i l u e t l a r n i qirqish muhim ahamiyat kasb etadi. Siluetlarni qirqishga o’rgatishda individual usullardan foydalanish mumkin: tarbiyachi bolalarga teskari turib, predmet siluetini qo’l harakatlari bilan hovoda chizadi, hovodagi tasvirni so’z bilan to’ldiradi. Predmetni hovoda ko’rish ko’nikmasi shakllanishiga “O’ylab topchi nimani chizayapman”, “Sen ayt, men topaman” kabi o’yinlar yordam beradi. Bolalar yoki tarbiyachi biror bir predmetni o’ylab topib, uni rasmini hovoda chizadi, qolganlar topadi. Siluetlardan applikatsiya yasash uchun predmetlarni tanlash bolalarning taassurot doirasi va texnik ko’nikmalariga bog’liq. To’g’ri burchakli va aylana shaklidaga predmetlarni qirqishni o’zlashtirishda siluet topshiriqlarini ifodalash, mashina, odam, hayvonlar, qushlar, gullar, mevalar shakli katta yordam beradi. Yuksak darajadagi applikatsiya ishlarini siluetning ifodaviyligi, uning tuzilishini ko’rsata olish, predmetni xarakterlovchi detallar, syujet kompozitsiyasidagi ranglar uyg’unligi, kompozitsiyadagi originallik kabilar belgilaydi. Bolalar badiiy ijodiyoti sohasidagi izlanishlar illyustratsiya materiallaridan har xil tasviriy faoliyat turlarida foydalanish mumkin bo’lgan yo’llarni ko’rsatdi. Xalq amaliy bezak san’ati predmetlari, kartina, kitob illyustratsiyalari va boshqalar bolalar fantaziyasi, ijodkorligi rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Download 32.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling