Mavzu №12. Katta guruhda bolalarini tasviriy-ijodiy faoliyatga o’rgatish shakl va metodlari Reja


Uchinchi asosiy savolga metodik tavsiyalar


Download 32.15 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi32.15 Kb.
#1483660
1   2   3   4
Bog'liq
12-seminar

Uchinchi asosiy savolga metodik tavsiyalar
Ertak asosida rasm chizishga tayyorgarlik ko’rish jarayonida bolalar bilan o’zbek xalqining azaliy kiyimlari chizilgan illyustratsiyalarni tomosha qilish, ularning o’ziga xos xususiyatlari (kengligi, naqshlari, yoqasi, englari) va zamonaviy kiyimlardan farqli jihatlariga e’tiborni qaratish mumkin. Bundan tashqari illyustratsiya materiallari bolaga o’zi o’ylagan narsini ifodalash yo’llarini izlab topishiga yordam beradi. San’at asari – obrazni ifodalash vositalaridan qanday foydalanish kerakligi borasida namuna bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarni san’at asarlari bilan tanishtirishning muhim shakllaridan biri s u h b a t bo’lib, tarbiyachi ularga asar mazmunini yoritib, e’tiborni ifoda vositalariga qaratadi. Eng oddiy savol ham mualif nima uchun aynan shu badiiy usulni tanlaganligini bola tushunib etishiga yordam beradi: “Rassom o’z asarida kuz faslini tasvirlamoqchi ekanligi ko’rinib turibdimi?” va h.k. Badiiy obraz xarakteri bilan bog’liq bo’lgan, o’zida umumiylikni mujassam etgan, biroz murakkabroq savollarni ham berish mumkin. Savollar ikkita asarni solishtirish, ularni taqqoslashga qaratilgan bo’lishi ham mumkin. Savollarga qo’shimcha ravishda ko’rsatilayotgan obraz ifodaviyligini qayd etuvchi biror bir she’r yoki uning biror bir satri, badiiy adabiyot asarlaridan parchalar o’qib eshittirish mumkin.
Rasm chizish, loy bilan ishlash mashg’ulotlarini boshlashdan oldin yoki mashg’ulot jarayonida xaykalchalardan foydalanish bolalarga badiiy obrazlarni idrok etish, uning qiyofasi, xarakter xususiyatlarini aniqroq tasavvur etishda yordam beradi. Buning uchun farfor, fayans, gips va boshqa materiallardan yasalgan kichkina xaykalchalar ma’qul bo’lib, ularni qo’lda ushlab ko’rish va unga yaxshilab qarash, uni har tomonga burib, aylantirib qarash mumkin. Ertaklar mavzusida ko’rgazma uchun tayyorlangan qahramon obrazlarni kichik shakldagi haykalchalarni yasovchi ijodkorlar yaratadi.
Loy bilan ishlash mashg’ulotlarida biror bir shaklni ifodalash usulini yaxshi o’zlashtirish uchun bolalarga xaykalchalarni tomosha qilish yaxshi yordam beradi. Bolalar ko’rish uchun qo’yilgan xaykalchalarni aynan o’ziday (nusxa) qilib ishlay olmaydilar, bunday qilishning keragi ham yo’q. Har bir yoshdagi guruh bolalari o’zi egallagan ko’nikma va ijodiy imkoniyatlari darajasida loy va plastilindan biror bir shakl yasay oladilar. Biroq, ularning diqqatini shakllar qanday joylashganligi, uning xarakter xususiyatlari, murakkab bo’lmagan harakatlarni qanday ifodalash keraligiga qaratish lozim.
Bolalarga dekorativ (xalq amaliy bezak san’ati sohasida) rasm chizish usulini o’rgatish jarayonida tarbiyachi kuzatish va uni qayta ifodalash uchun ularga soddaroq bo’lgan xalq amaliy bezak san’ati namunalarini tavsiya etishi mumkin. Rasm chizish uchun bolalarga kompozitsiyasi va bezak elementlari tushunarli (Marg’ilon, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa hududlarga xos) bo’lgan naqshlarni tanlab, pedagog ularni turli xil shakllardan tuzish, narsalarni bezashga o’rgatadi.
Katta guruh bolalarining loydan biror bir narsa yasash mavzusida ishlashlariga xalq amaliy bezak san’ati ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq ijodiyoti namunalari misolida loydan qanday buyumlar yasash, plastik yo’l bilan qanaday tasviriy shakllarga erishishni ko’rish, ularni qo’l mehnati bilan tanishtirish, ranglar jilosi bilan boyitish mumkin.
Bolalarga loydan yasalgan chiroyli o’yinchoqlar, idish tovoqlar, taxtaga o’yilgan naqshlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Bunday mashg’ulotlarda asosiy metodsuhbatdir. Masalan, biror bir xalq amaliy bezak san’ati namunasini ko’rsatilib, bolalar diqqati buyum shakli, uning naqshi va asosiy elementlariga qaratiladi.
Bolalar loydan yasalgan xalq o’yinchoqlari shaklining xajmi haqida olgan bilimlariga asoslanib qo’g’irchoq, qo’zichoq, qushcha va boshqa narsalarni yasashlari mumkin. Sopol buyumlar misolida ham piyolacha, lagancha, gul tuvaklari yasashlari mumkin.
Qalam, mo’yqalam bilan ishlash texnikasi o’rganilayotgan bir paytda, uni qanday bajarish kerakligi ko’rsatilib, og’zaki tushuntirish, solishtirish, mushahada yuritish ishlari ham olib boriladi. Shu bilan birga bolalar diqqati harakat xarakteri, ya’ni mo’yqalamda qalin yoki ingichka qilib bo’yash, shtrixni qalamda bir xil me’yorda bajarishga qaratilib, xatti-harakatlar sifati – tezlik, oraliq, erkinlik, me’yor (surat) va boshqalar qayd etiladi. Material bilan qanday ishlash kerakligi haqida o’z tengqurlari ham bir-birlariga tushuntirishlari mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasida rasm chizish qalam va guashda olib boriladi. Biroq, rasm (daraxt tanasi, uning ingichka shoxlarini) chizishda akvaril, sangina, ko’mir qalamlarni qo’llash ham obrazni ifodalashda yaxshi natija beradi. Bolalarni yangi materiallardan to’g’ri foydalanish, ularni oldingilaridan farqlashga o’rgatish lozim. Ko’mir qalam va sangina o’ta nozik bo’lgani uchun ularni ishlatishda qog’ozga juda qattiq bosmaslik kerak.
Puxta o’ylab ko’rib, bitta rasmni turli xil qurollar, ya’ni ko’mir qalam va guash, sangina va guash, guash va rangli qalam bilan chizishni ham tavsiya etish mumkin. Bu tasvirni yanada yaxshiroq ifodalashga olib keladi.
Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni politrada bo’yoqlarni bir-biriga qorishtirib, ulardan har xil ranglar chiqarishga o’rgatish zarur. Agar oq bo’yoqqa qizil yoki ko’k rang qo’shilsa, uning rangi o’zgarib, u yanada ochroq tus oladi, yangi ranglar paydo bo’ladi. Izumrud-yashilga oq rang qo’shilsa dengiz tulqinini eslatuvchi ko’k-yashil rang hosil bo’ladi. Qora rang qo’shilganda esa asosiy rang o’zgarib, xiralashib, u och jigar rangga aylanadi.

Download 32.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling