Mavzu: 13-14 yoshli futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va mahoratini oshirish Reja Kirish


-bob. O‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va mahoratini oshirish


Download 191.5 Kb.
bet4/12
Sana26.02.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1232417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13-14 yoshli futbolchilarning

2-bob. O‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va mahoratini oshirish

        1. yoshli futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va mahoratini oshirish

Ma’lumki, futbolchilarni jismoniy holatini baholash bilan birga, ularni texnik-taktik mahoratlarini ham aniqlash kerak. Buni ikki yo’l bilan amalga oshirish mumkin: futbolchilarni harakatlarini o’yin sharoitida kuzatish va maxsus testlar yordamida aniqlashdir. Birinchi usul ko’proq ahamiyatliroqdir, chunki bevosita musobaqa sharoitida harakatlar o’rganiladi.
O’yin faoliyatini qayd qilishni turli shakllari mavjud. O’z vaqtida G.D.Kachalin maxsus qayd qilish protokollariga darvozaga berilgan zarbalarni baholagan edi.
N.M.Lyukshinov, Yu.A.Morozovlar esa futbolchilarni harakatlarini kuzata turib, harakatlarni magnitafonga yozish usulini qo’llashgan. So’ngra to’plangan ma’lumotlar qayta ishlangan.
M.Vashkalisni ta’kidlashicha, musobaqalardagi o’yin harakatlarini qayd qilishsiz, o’yinni tahlili sub’ektiv ko’rinishga ega bo’lib qoladi.
Pedagogik kuzatishlarni ahamiyati shundaki, to’plangan ma’lumotlarni tahlili asosida, o’quv-mashg’ulot jarayonini ob’ektiv boshqarish mumkin (Yu.L.Ilichev).
Futbolchilarni o’yinini baholashni imkonini beruvchi ob’ektiv kriteriylarni ahamiyati haqida ham mashxur sport mutaxassisi A..Starostik ham o’z fikrlarini bildirgan.
Konkret sonlarda yoritilgan bunday kriteriylarni borligi, futbolchilarni turli harakatlarni bajarishlarida baholash imkonini beradi.
Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, barcha futbolchilarni bajaradigan harakat faoliyatlarini hajmi va xarakteri bir holda emas va u futbolchini jamoada egallaydigan o’rni, uni vazifalariga va faolligiga bog’liq bo’lishi mumkin.
Jamoaviy texnik-taktik harakatlarini tahlil qilish va ro’yxatga olish g’oyasi 70-yillarning o’rtalarida yuzaga keldi. Uning yuzaga kelishi ikki guruh sabab bilan izohlanadi.
Birinchisi –shu davrda musobaqa faoliyatini nazorat qilish usulining yetarli darajada axborotlashtirilmaganligi: individual texnik-taktik harakatlarning (ITTH) baholanishi va ro’yxatga olinishi. Turli kvalifikatsion darajaga ega bo’lgan jamoalarda o’tkazilayotgan o’yinlarda ekstremal materiallarning to’planishi bir xil ko’rsatish va ITTH ni olish imkonini berdi.
Ikkinchi sabab- V.V.Lobonovskiy, O.P.bazilevich, Yu.A.Morozovlarning terma jamoa boshqaruviga, M.A.Godikning kompleks ilmiy guruh rahbari sifatida kelishi. U G.M.gadjiev bilan hujum birgalikda hajum qilayotgan jamoalarning texnik-taktik harakatlarini (TTH) ro’yxatga olish metodikasini ishlab chiqdi. Mutaxassislar uni qo’llagan holda nazorat metodlarini birlashtirish uchun qo’shimcha ravishda asosiy tushunchalarni aniqladilar. Avtorlar ularning tarkibiga quyidagini kiritdi: hujum to’pga egalik qilgan jamoada futbolchilarning darvozani egallashga yo’naltirilgan harakati.
Shuni aytish lozimki, darvozani egallashga yo’naltirilgan harakat o’yinchining, jamoaning so’nggi maqsadi va shu bababli, to’pga egalik qilib turgan futbolchi tomonidan ko’rib chiqilmasligi mumkin. Aniq o’yin vaziyatidan kelib chiqqan holda bizning oldimizda quyidagi masalalar turadi:
A) to’pni nazorat qilishni saqlab qolish;
B) hujumni rivojlantirish (boshlash, davom ettirish);
V) hujumni tugallash.
Hujumni boshlash va tugallash momentlariga bog’liq holda to’p bilan to’liq egalik qilish, to’pni yo’qotish, hamda o’yinni to’xtatishni hisobga olish zarur (kichik tanaffusda ham avvalgi harakatlarni davom ettirish mumkin emas. CHunki ikkala jamoa o’yinchilarining joylashuvi o’zgaradi).
Hujum turlari.
1. Kirib boruvchi hujum darvozani egallash imkoniyati real bo’lgan zonaga yetib borgan (oldingi chiziqdan 26-28 metr) hujum.
2. Flangli hujum kirib boruvchi hujum, jarima maydonchasi va maydon yon chiziqlari bilan chegaralangan zonada bajariluvchi yakuniy harakat.
3. Markazdan hujum kirib boruvchi hujum, jarima maydonchasi chizig’i bilan chegaralangan zonada bajariluvchi yakuniy harakat.
4. Standart hujum-hujum qilayotgan darvozadan 26-28 metr masofadan standart holatdagi hujum.
5. Muvaffaqiyatli hujum-burchak, hujum qiluvchi foydasiga jarima bo’yicha darvozaga yo’naltirish bilan tugallangan yoki havfli vaziyatni yuzaga keltirgan kirib boruvchi hujum.
6. Haftali vaziyat-to’p bilan galik qilayotgan futbolchi gol o’rishi lozim bo’lgan o’yin holati. Bu vazifalar uchun pozitsiya harakterlidir: hujumni tugallayotgan o’yinchi bilan darvoza o’rtasidagi masofa 18 metrdan, hujum burchagi 450dan oshmasligi kerak, zarba xatosiz bajariladi yoki yutkazilgan pozitsiyada joylashadi.
Futbolchi to’pga yeta olmagan, egallab ola olmagan o’yin momentlarini havfli momentlarga kiritish maqsadga muvofiq emas, bunday vaziyatlarda futbolchining gol urish imkoniyati nolga teng.

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling