Mavzu: 13-14 yoshli futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va mahoratini oshirish Reja Kirish


Tibbiy nazorat va tibbiy sanitar ko‘rigi


Download 191.5 Kb.
bet7/12
Sana26.02.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1232417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13-14 yoshli futbolchilarning

6. Tibbiy nazorat va tibbiy sanitar ko‘rigi

1.

O‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tibbiy guruhlarga bo‘lish.

sentyabr

maktab shifokori va ma’muriyat

2.

Maxsus tibbiy guruh o‘quvchilari sog‘ligini nazorat qilish.

xar oyda

shifokor

3.

O‘quvchilarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

May

maktab shifokori va ma’muriyat

7. Xo‘jalik ishlari

1.

Sport asbob-anjomlari, jixozlarini ta’mirlash

yil davomida

jismoniy tarbiya va mehnat o‘qituvchisi

2.

Jismoniy tarbiya bo‘yicha ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash.

o‘quv yili bo‘yicha

jismoniy tarbiya o‘qituvchisi


Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar
Rejalashtirish jarayonini o‘qituvchining ijodiy faoliyati sifatida butun boshli tizimni tashkil etuvchi harakat operatsiyalari ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni yechishga qat’iy yo‘nalish asosida g‘oyaning vujudga kelishi bilan boshlanadi.
Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o‘qituvchi qator talablarga rioya qilishga majbur.

  1. Reja davlat ta’lim standartiga muvofiq ishlab chiqilgan jismoniy tarbiya dasturiga oid me’yoriy hujjatlar va talablarga muvofiq bo‘lishi zarur. Rejalarning barchasi jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadi va vazifalariga hamda vazirlik ishlab chiqqan uslubiy tavsiyalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak.

  2. Rejalashtirish vaqtida jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga amal qilish lozim. Rejalashtirish jarayonida tamoyillarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit vujudga keladi: shaxsning har tomonlama rivojlanishi, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi sog‘lomlashtirishga qaratilgani.

  3. Reja muayyan sikllarda (darslar seriyasi, chorak, yil) oldingi sikllarga tayanishi va kelgusi yilga tayyorlashi kerak. Shunday qilib, tasodifiy dars chiqarib tashlanadi, chunki ularning hammasi muayyan tizimga birlashtirilgan.

  4. Rejalashtirish aniq bo‘lishi kerak. Bu talab maktablarda ishni rejalashtirib, mutaxassis kelgunga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yo‘q bo‘lgan joyda, boshlang‘ichdan o‘rta maktabga o‘tishda, shuningdek, moddiy-texnika bazasining ta’minlangan darajasini hisobga olishni nazarda tutib amalga oshiriladi. Barcha qayd etilgan hollarda o‘qituvchi ushbu sharoitni o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Hatto agar bu o‘quv dasturidan chetga chiqishga olib kelsa ham, aniq baholash kerak. Maktabda bunday vaziyat dasturga yangi bo‘lim kiritilganda vujudga keladi. Chunonchi, badiiy gimnastikadan mashqlar ko‘rsatilganda yuqori sinf o‘quvchilari bilan uzoq tayyorgarlik ishlari talab qilinadi. Bu talabni amalga oshirayotganda, ularning o‘zlashtirishi uchun nazarda tutilgan vaqt ham e’tiborga olinadi.

  5. Mashqlarning eng ahamiyatlisini, universalini yoki, aksincha, maksimal pedagogik samarani ta’minlovchi mashqlarni tanlash zarur. Vositalardan foydalanish izchilligining buzilishiga va “kuchli ta’sir qiluvchi mashq”dan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

  6. Rejalashtirishning ko‘rgazmaliligi grafikli shakllarni amaliyotga joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.


Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling