Rejalashtirish uchun kerakli ishlar
Rejalar tuzish uchun kirishishdan oldin o‘qituvchi zaruriy axborot to‘plashdan iborat bo‘lgan katta tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborot ishlarining shakli va vositasini, o‘quv materiallarini o‘tish tartibini belgilaydi.
1. Sinflar uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturni batafsil o‘rganish.
Sinf dasturini o‘rganish sinfdan sinfga o‘quv materialining muntazamliligini ta’minlash imkonini beradi.
2. Shug‘ullanuvchilarning salomatlik holati, bilimi darajasi, jismoniy va texnikaviy tayyorgarligini o‘rganish.
3. Maktabning moddiy-texnik bazasi holati va oldingi yillar uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha ishning qo‘yilish darajasini o‘rganib chiqish.
4. Maktab pedagogika jamoasi va rahbariyatining jismoniy tarbiyaga bo‘lgan munosabatini aniqlash uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha ishning umumiy rejalari bilan ularni tanishtirish.
5.Tuman va viloyatning iqlim sharoitini o‘rganish.
6. Viloyat va tumanning ommaviy-sport tadbirlari taqvimi bilan tanishish. Bu o‘qituvchiga jismoniy tarbiya bo‘yicha dastur materiallarining ketma-ket o‘tilishini aniqlash uchun zarur.
7. O‘qituvchi jismoniy tarbiya va sport turlari bo‘yicha aholi turar joyi va maktab an’analarini o‘rganadi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilaydi.
O‘qituvchi tuzib chiqadigan rejalashtirish hujjatlari
O‘qituvchilarning ko‘p yillik ilg‘or tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya darslariga qo‘yiladigan vazifalarni samarali yechish uchun rejalashtirishning muayyan tizimini yaratish zarur. Bu tizim qator rejalarning mantiqiy bog‘langan yetukligini ifodalaydi, ulardan har biri jismoniy tarbiya jarayonining maqsadga muvofiqligini ifodalashga imkon beradi. Bu tizim o‘quv-tarbiya ishining bir yillik dasturi bo‘limlari, o‘quv vaqtlari hamda o‘quv materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik jadvalini, ish rejasini va dars konspektlarini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturining tahlili
Jismoniy tarbiya va ta’lim mazmunining uslubiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya dasturida belgilab berilgan.
Dastur bo‘limlarini o‘tish uchun o‘quv vaqtining taxminiy taqsimoti quyidagi jadvalda aks etgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |