Mavzu: 13-14 yoshli futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va mahoratini oshirish Reja Kirish
Download 191.5 Kb.
|
13-14 yoshli futbolchilarning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars konspektini tuzish uslubiyati
Ish rejasini tuzish uslubiyati
Bu hujjat 1, 2 va 3-hujjat asosida tuziladi. Unda quyidagi uslubiy tavsiyalarga rioya qilish zarur: Shu chorakda o‘tkaziladigan o‘quv materiallarini yozib olish. Shu sinf dasturini o‘rganib chiqish. Uslubiy adabiyotlarni o‘rganib chiqish. Ish rejasini darsning tayyorgarlik va asosiy qismiga tuzish. Har bir o‘quv materialiga aniq vazifalar qo‘yish. Darsning bilim berish vazifasini qo‘yish. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash va irodaviy tayyorgarlikni tarbiyalash vazifalarini qo‘yish. Sog‘lomlashtirish vazifasini qo‘yish: a) alohida mushak guruhlarini mustahkamlash; b) to‘g‘ri nafas olish ritmini tarbiyalash, so‘ng shu vazifalarni hal etish yo‘llarini belgilash, har bir mashq uchun maxsus va yondashtiruvchi mashqlani tanlash. Dars konspektini tuzish uslubiyati Maktab yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jihatdan puxta tayyorlangan dars konspektiga bog‘liq. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog‘lomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga bog‘langan holda hal qilinadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars oldiga aniq vazifalar qo‘yishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal qilgan holda aniqlaydi. O‘qituvchi dars vazifalarini, mashg‘ulot o‘tkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan so‘ng dars mazmunini aniqlaydi. Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning asosiy qismiga taalluqli mashqlarni, so‘ngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy ko‘rsatmalar darsda qo‘llaniladigan vositalardan to‘liqroq foydalanish va, shu bilan birga, o‘quvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq hal etish uchun tanlanadi. Konspektning tashkiliy-uslubiy bo‘limiga: - darsni maqsadga muvofiq tashkil etish; - shug‘ullanuvchilar faoliyatini darsda tashkil etishning usullari; - o‘rgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari; - darsni o‘tkazish sharoitlari yoziladi. Dars jarayonida o‘rgatiladigan materiallarni hisobga olishda ularning o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini tekshirib ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalar yoziladi. Dars tugaganidan so‘ng o‘qituvchi ushbu konspektga o‘tkazilgan dars bo‘yicha o‘z mulohazalarini qisqa shaklda yozishi lozim. Dars konspekti maktabda jismoniy tarbiya sohasidagi o‘quv ishlarini rejalashtirishning aniq hujjati bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan har bir sinf yoki parallel sinflar uchun tuziladi. Dars konspektida darsning nomeri, qaysi sinf uchun tuzilayotganligi va o‘tilish vaqti yoziladi. Maktabda jismoniy tarbiya bo‘yicha dars konspektining shakli quyidagicha: DARS KONSPEKTI № Tasdiqlayman:
Konspekt tuzishga baho: “ ”. Dars o‘tishga baho: “ ”. O‘qituvchining imzosi: Dars konspektini tuzishda eng keraklisi asosiy va yordamchi vazifalarni aniq va metodik tomondan asoslangan holda ifoda qilishdir. Dars oldiga qo‘yiladigan vazifalarni o‘qituvchi o‘ziga buyruq sifatida belgilaydi. Shuning uchun vazifalar buyruq ma’nosida ifoda qilinadi. Masalan: tanishtirish, o‘rgatish, mustahkamlash, ko‘rsatish va h.k. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog‘lomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga bog‘langan holda hal qilinadi. Bular o‘quv materiali, har darsning ish rejasiga asoslanib belgilanadi va o‘rgatish tamoyillari hamda o‘tkazilgan dars natijalariga qarab aniqlashtirilib, shu darsda bajariladigan qilib ifodalanadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari dars oldiga aniq vazifalarni qo‘yishda quyidagilarni hisobga olishlari muhim ahamiyatga egadir: 1. O‘quvchilarning oldingi darslarni qanday o‘zlashtirganligi. 2. Har bir darsning ish rejasi, davlat dasturi va shu dars uchun taalluqli qo‘shimcha adabiyotlar. 3. Sinfdagi o‘quvchilar soni, dars o‘tkazish joyi sharoiti va mavjud sport anjomlari. 4. Dars jadvalining xususiyati, dars turi. 5. O‘quvchilarning sog‘lik holati, ularning jismoniy tayyorgarliklari va h.k. Xulosa Maktab yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jihatdan puxta tayyorlangan dars rejasiga bog‘liq. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog‘lomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga bog‘langan holda hal qilinadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars oldiga aniq vazifalar qo‘yishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal qilgan holda aniqlaydi. O‘qituvchi dars vazifalarini, mashg‘ulot o‘tkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan so‘ng dars mazmunini aniqlaydi. Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning asosiy qismiga taalluqli mashqlarni, so‘ngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy ko‘rsatmalar darsda qo‘llaniladigan vositalardan to‘liqroq foydalanish va, shu bilan birga, o‘quvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq hal etish uchun tanlanadi. Konspektning tashkiliy-uslubiy bo‘limiga: - darsni maqsadga muvofiq tashkil etish; - shug‘ullanuvchilar faoliyatini darsda tashkil etishning usullari; - o‘rgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari; - darsni o‘tkazish sharoitlari yoziladi. Dars jarayonida o‘rgatiladigan materiallarni hisobga olishda ularning o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini tekshirib ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalar yoziladi. Dars tugaganidan so‘ng o‘qituvchi ushbu konspektga o‘tkazilgan dars bo‘yicha o‘z mulohazalarini qisqa shaklda yozishi lozim. Download 191.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling