Mavzu: 13-14 yoshli futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish va mahoratini oshirish Reja Kirish


Dastur bo‘limlari, o‘quv vaqtlari hamda o‘quv materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik jadvali


Download 191.5 Kb.
bet10/12
Sana26.02.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1232417
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
13-14 yoshli futbolchilarning

11.5. Dastur bo‘limlari, o‘quv vaqtlari hamda o‘quv materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik jadvali
O‘quv vaqtlari va dastur bo‘limlarini choraklarga taqsimlash yillik jadvali quyidagicha tuziladi. Buning uchun 8-sinfni misol tariqasida keltiramiz.
1-hujjat



Dastur bo‘limlari

1-chorak
18 soat

2-chorak
14 soat

3-chorak
20 soat

4-chorak
16 soat

Jami
68 soat

1.

Bilim asoslari

Dars jarayonida

2.

Gimnastika







8




8

3.

Yengil atletika

8







8

16

4.

Sport uyinlari
(vg‘b,bg‘b,qg‘t)

6

14







20

5.

Futbol

4







8

12

6.

Kurash







12




12

O‘quv ishlarining yillik jadvali (2-hujjat) birinchi hujjat asosida tuziladi. Bu hujjatni tuzishda quyidagi uslubiy talablarni bajarish shart:

  1. Ob-havo sharoitini hisobga olish.

  2. Boshlang‘ich sinflarda asosan aralash (majmuali) darslarni rejalashtirish.

  3. O‘rta sinflarda 50% gacha to‘liq darslarni, 50% gacha esa aralash (majmuali) darslarni rejalashtirish.

  4. Yuqori sinflarda 50%dan ko‘prog‘ini to‘liq dars qilib rejalashtirish.

  5. To‘liq va kompleks darslarni aniqlab olish.

  6. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini hisobga olish.

  7. Har bir o‘rgatiladigan mashqni har darsda ketma-ket 4-6 soatdan qo‘yish, ularning qaytarilish soni o‘rgatiladigan mashqning oson-qiyinligiga bog‘liq bo‘ladi.

  8. O‘quv materiallarini o‘rgatishda izchillik bo‘lishi shart, ya’ni avvalgi chorakda o‘rgatilsa, keyingi chorakda takrorlanadi yoki mustahkamlanadi.

  9. Batbaa (kross) yugurishni gimnastika darsi bilan aralashtirmaslik kerak. O‘quv materiallarini choraklarga va darslarga taqsimlash jadvali

Bu hujjat 1 va 2-hujjatlar asosida tuziladi va uni tuzishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  1. Chorakda qabul qilinadigan o‘quv me’yorlarini aniqlab olish kerak.

2. O‘rgatish darslaridagi materiallar ketma-ket taqsimlanadi (masalan: 7-8, 8-10 martagacha, ya’ni 7 soat nazorat darsi, 8-bahoga norozi bo‘lganlar va darsga kelmaganlar uchun o‘quv me’yorini qabul qilish).
3.O‘quv materialini yanada muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirish uchun har bir darsga 2-3tadan ortiq vazifa qo‘yilmasligi kerak.
4.Sinov me’yorlarini o‘rgatish jarayoni tugallanayotgan materiallardan qabul qilish kerak.
5. O‘quv yilining oxirida, ayniqsa, may oyida katta jismoniy zo‘riqishlar va keyinchalik charchash bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni berish tavsiya etilmaydi. Bu paytda umumiy charchashning oldini olishga eng ko‘p yordam beradigan mashqlar, harakatli o‘yinlar va har xil estafetalarni o‘tkazish kerak.
6. Takomillashtirish va mustahkamlash darslari bo‘lsa, oralarini ochib-uzib qo‘yish mumkin.

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling