Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish
Download 218.13 Kb.
|
QURILISHDA KALENDAR REJALSHTIRISH( davomi)
QURILISHNI TASHKIL ETISH VA REJALASHTIRISHO’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QURILISHDA (Kalendar)TAQVIMIY REJALASHTIRISHUmumiy qoidalar Qurilishda taqvimiy reja (TR) tushunchasiga QMI aniq qiymatlari va qabul qilingan tashkiliy hamda texnologik yechimlari asosida ishlarni amalga oshirish tartibi va muddatlarini belgilaydigan barcha rejalashtirish hujjatlari kiradi. Trlar QTL (POS) va IBL (PPR) tarkibidagi asosiy hujjatlar hisoblanadi. Qurilishning taqvimiy rejalariga muvofiq ta’minot taqvimiy rejalari – ishchi kadrlari va moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyoj grafigi ishlab chiqiladi. TRning asosiy ma’lumotlari tarkibi, tuzilmasi va batafsilligi uning o‘zi tarkibigakirgan loyiha hujjati nima uchun mo‘ljallanganiga bog‘liq va shundan kelib chiqib, unga bag‘ishlangan ishlab chiqarish davri, unga mo‘ljallangan boshqarish darajasi va uning ishlab chiqarish vaqtidan kelib chiqib aniqlanadi. TRning barcha qolgan tarkibini belgilab beradigan asosiy parametr u ko‘zlagan (mo‘ljallagan) davr hisoblanadi. POS tarkibiga kirgan qurilish TRda ana shunday davr bo‘lib yil, chorak, oy, dekada, hafta, kun hisoblanadi; texnologiya xaritasi tarkibida ishlarni bajarish grafigida ishlar hajmi va davriga bog‘liq ravishda – kun, smena va soat, transportmontaj grafiklarida esa – soat va daqiqa. Ob’yekt qurilishi taqvimiy rejasini tuzish Ob’yekt qurilishining chiziqli yoki to‘rsimon grafik ko‘rinishidagi TRi ob’yektnibarpo qilishda amalga oshiriladigan umumqurilish, maxsus va montaj ishlaribajarilishining oldinma-ketinligi va muddatlarini aniqlab beradi. Bu muddatlar alohida ishlab chiqarish turlarining bajarilish muddatlarini oqilona o‘zaro bog‘lash, asosiy resurslar, birinchi navbatda ishchi brigadalari va yetakchi mexanizmlar, shuningdek qurilish hududi, alohida maydon va boshqa shu kabi muhim omillar tarkibi va miqdorini hisobga olish natijasida belgilanadi. TR asosida muayyan vaqtdagi mehnat va moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek barcha turdagi uskunalarning yetkazib berilish muddatlari hisoblab aniqlanadi. Bu hisob-kitoblarni umuman ob’yekt bo‘yicha, shuningdek qurilishning alohida davrlari bo‘yicha bajarish mumkin. TR bo‘yicha ishlar borishi nazorat qilinadi va ijrochilar ishi o‘zaro muvofiqlashtiriladi. TRda hisoblab aniqlangan ishlab chiqarish muddatlari nisbatan batafsil rejalash hujjatlarida, masalan, haftalik-sutkalik grafiklar va smena vazifalarini belgilashda boshlang‘ich ma’lumot sifatida ishlatiladi. Download 218.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling