Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish


TR quyidagi tartibda ishlab chiqiladi


Download 218.13 Kb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi218.13 Kb.
#1130156
1   2   3   4
Bog'liq
QURILISHDA KALENDAR REJALSHTIRISH( davomi)

TR quyidagi tartibda ishlab chiqiladi:
1. Ishlar ro‘yxati (nomenklaturasi) tuziladi.
2. Unga muvofiq har bir ish turi bo‘yicha ular hajmi aniqlanadi.
3. Asosiy ishlarni bajarish va yetakchi mashinalarni ishlash uslublari tanlanadi.
4. Me’yoriy mashina va mehnat sarfi hisoblab aniqlanadi.
5. Brigada va zvenolar tarkibi belgilanadi.
6. Ishlar bajarilishining texnologik ketma-ketligi o‘rnatiladi.
7. Ishlarni necha smenada bajarilishi tanlanadi.
8. Alohida ishlarning muddati va ularning bir vaqtda bajarish imkoniyati
aniqlanadi; shu vaqtning o‘zida ushbu ma’lumotlar bo‘yicha ijrochilar va ishchi sutkada smenalar soni belgilanadi.
9. Hisoblab aniqlangan muddat me’yoriy ko‘rsatgkichlar bilan solishtirilib, zarur tuzatishlar kiritiladi.
10. Ishlab chiqilgan reja asosida resurslarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi va ular bilan ta’minlash grafiklari ishlab chiqiladi.
Texnologik xaritalar mavjud bo‘lganida ularning mahalliy sharoitlarga mos kelishiga (muddatlar, yetakchi mexanizmlar muvofiqligi, talab etilgan resurslar mavjudligi va h.k.) aniqlik kiritiladi va ularning chiqish ma’lumotlari ob’yekt TR tuzilishida alohida ish majmualari bo‘yicha hisobiy ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi. Masalan, turar-joy binosi namunaviy qavati va tomini montaj qilishning texnologik xaritasiga ega bo‘lgan holda uy qurilishi grafigini tuzish uchun ana shu xaritalarga kiritilgan montaj muddatlari va resurslarga bo‘lgan ehtiyoj qabul qilinadi.
Taqvimiy grafik ikki qismdan iborat bo‘lib, uning chap qismida jadval
ko‘rinishida hisob natijalari aks ettiriladi va o‘ng qismida ishlarni bajarish tartibi
muddatlari bilan ko‘rsatiladi.
IBL tarkibida TRni ishlab chiqish uchun quyidagilar boshlang‘ich ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi:
• QTL tarkibidagi TR;
• Qurilish davri me’yorlari yoki direktiv ko‘rsatma (vazifa);
Qurilish, montaj va maxsus ishlarning texnologik xaritalari;
• IH va smetalar;
• Qurilish ishtirokchilari bo‘lgan tashkilotlar, brigadalar tarkibi va ular erishgan
unumdorlik darajasi, mavjud mexanizmlar va zarur moddiy resurslarni olish
imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Shu sababli bu kabi rejalar grafik deb nomlanadi. TRning grafik qismi chiziqli (Gant grafigi, siklogramma) yoki to‘rsimon grafiklar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ishlar ro‘yxati ishlar turlari va davrlari bo‘yicha guruhlashtirgan holda ular bajarilishining texnologik ketma-ketligi tartibida to‘ldiriladi. Guruhlarga ajratishda muayyan qoidalarga rioya qilish shart:
• grafik tushunarli va o‘qish uchun qulay bo‘lishi uchun ishlarni imkon qadar birlashtirish, yiriklashtirish talab etiladi;
• shu bilan birga ishlarni yiriklashtirishda ma’lum qoidalarga rioya qilish, ya’ni turli ijrochilar (QU, uchastka, brigada yoki zvenolar) tomonidan bajarilayotgan ishlarni birlashtirish mumkin emas, bir ijrochi tomonidan bajarilayotgan ishlar majmuida esa navbatdagi brigada uchun ish frontini ochib beradigan qismini ajratib, alohida ko‘rsatish zarur.
Ishlar hajmi IH va smetalar bo‘yicha aniqlanadi. Smetalardan ishlarni hajmini tanlash IHlardan hisoblashga nisbatan kamroq mehnat talab qiladi. Ammo smetalarda hajmlar zaxvatkalar bo‘ylab ajratilmagan, shu sababli alohida ishlar bo‘yicha smetalar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘riligini nazorat qilib, bevosita IH va ular spetsifikatsiyalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ishlar hajmini yiriklashtirilgan kompleks me’yorlarda (UKN-YKM) yoki Yagona me’yor va narxlarda (ENiRYaMvaN) belgilash talab etiladi. Maxsus ishlar hajmi esa qiymatli ifodada (smeta bo‘yicha) ularning mehnat sarfi bajarilgan ish bo‘yicha aniqlanganida, yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlarni foydalanishda esa – ularga muvofiq o‘lcham birliklariga ko’ra aniqlanadi.

Download 218.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling