Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish
Nzv = Qkishi-kun/( Tmexm)
Download 218.13 Kb.
|
QURILISHDA KALENDAR REJALSHTIRISH( davomi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlarning amalga oshirilish grafigi
Nzv = Qkishi-kun/( Tmexm) (7.3)
Brigadaning miqdor tarkibi uni tashkil qilgan barcha zvenolar ishchilari sonini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Kasblar va razryadlar bo‘yicha mehnat sarflari esa kalkulyatsiyadan mehnat sarflarini ajratib olish orqali topiladi. Kasblar va razryadlar bo‘yicha ishchilar soni nkasb quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: nkasb=Nbrd (4) bu yerda: Nbr – brigadaning umumiy soni; d – ishning umumiy mehnat sarfida kasblar va razryadlar bo‘yicha mehnat sarfining solishtirma og‘irligi. Kompleks brigada ishida hajmi kichik ishlarni bajarish uchun kasblar o‘rindoshligi belgilanadi. Bunda o‘rindoshlik tartibida bajarilayotgan ishlarning me’yoriy mehnat sarfi umumiy bajarilgan mehnatning 15% dan ortmasligi maqsadga muvofiq. Odatda montajchi va duradgor, duradgor va betonchi, elektr payvandchi va montajchi, izolyatsiyalovchi va tom yopuvchi kabi kasb egalari o‘rindoshlik qilishi mumkin. Ishlarning amalga oshirilish grafigi – TRning o‘ng qismi – ishlarning muddatlariga va bajarilish ketma-ketligiga muvofiq o‘zaro bog‘langanligini aks ettiradi. Alohida ishlar bajarilishining taqvimiy muddatlarini qat’iy texnologik ketmaketlikka rioya qilish shartidan kelib chiqib, minimal qisqa muddatda navbatdagi ishlarni amalga oshirish uchun front (mazkur ishni yoki keyingi ishni bajarish uchun yetarli makon) ochib berish zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi. Grafikni tuzish (TRning o‘ng qismi) yetakchi ish yoki jarayondan boshlanadi, chunki ob’yekt qurilishining umumiy muddati ko‘p jihatdan unga bog‘liq bo‘ladi. Bunday ishlar ko‘p bo‘lsa, avval ularning muddati va ketma-ketligiga rioya qilib chizib olinadi. Agar, bunda ularning umumiy muddati berilgan qiymatidan ortib ketsa, zarur hollarda, mexanizatsiyalashgan ishlarda smenalar yoki mexanizmlar sonini, qo‘lda bajariladigan ishlardagi ijrochilar sonini ko‘paytirish bilan yetakchi jarayon muddatini qisqartirish ham mumkin. Qolgan jarayonlar yetakchi jarayonga tirkaladi. Barcha yetakchi bo‘lmagan jarayonlarni rejalashtirish xarakteriga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1) oqimli tarzda bajariladigan (odatda, yetakchi oqimga teng yoki unga karrali maromda) yoki 2) oqimdan alohida bajariladigan. TR hisobiy qismining parametrlari: mehnat talablik (mehnat sarfi) (yetakchi mashinalar mashina vaqtining sarfi (mashina sig‘imi), mashinalarsoni, smenalilik ishchilar soni va ish muddati TR ni tuzishda qabul qilingan boshlang‘ich ma’lumotlar va shartlarga bog‘liq ravishda navbatmanavbat argument yoki funksiya bo‘lib kelishlari mumkin. Jarayonlarning birinchi guruhida vaqt – yetakchi jarayonning muddati argument bo‘lib, ijrochilar soni esa – uning hosilasidir (mehnat talablikning muddatga bo‘linish hosilasi). Turar-joy binosi qurilishida santexnika, duradgorlik, elektr montaj, suvoq ishlari va boshqalar ana shunday loyihalashtiriladi. Bu yerda u yoki bu ixtisoslashtirilgan oqim ishlarining boshlanish muddatini yetakchi jarayonga bog‘lash, ya’ni navbatdagi jarayonni necha zaxvatka (qavat)ga ortda qolish bilan boshlash kerakligini aniqlash qoladi. Buning yechimi texnika xavfsizligi masalalaridan kelib chiqib belgilanadigan minimum, hamda ob’yekt qurilishining belgilangan muddatlarida yo‘l qo‘yiladigan maksimum orasida joylashadi. Oqimdan tashqarida bajariladigan jarayonlarning muddati ular uchun texnologik jihatdan belgilangan davrlar chegarasida, ob’yekt qurilishining umumiy muddatlarini hisobga olgan holda tayinlanadi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 218.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling