Mavzu №14. Don va don mahsulotlarini saqlash tarkibi va usullari
Download 0.54 Mb.
|
14-mavzu
Ma’lumotlarga ko’ra, don uyumi quritilgandan so’ng bakteriyalar miqdori 3 marta, mog’or zamburug’larining miqdori 7—8 marta kamayganligi isbotlangan. Shu bilan birga, xasharotlar va kanalar miqdori ham kamaygan. Don va uruglarni ma’lum darajada namlik chiqarish qobiliyatini hisobga olib qaraladigan bo’lsa, u vaqtda oziq-ovqat uchun tayyorlangan don uyumini bir marta quritgichdan o’tkazilganda faqat 6 foizgacha namlikni chiqarishini nazarda tutishimiz kerak. Shuning uchun yuqori namlikka ega bo’lgan don uyumlarini 2—4 marta quritgichlardan o’tkazishga to’g’ri keladi.
Don quritgich texnikasini yaratish takomillashib, rivojlanib borishi natijasida jamoa, davlat va boshqa xo’jaliklarga don quritgichlarni har xil turi qurilgan yoki tayyor holda keltiriladn. Quritgichlarning uch xil turi tarqalgan bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:
Quduqli, quritgich turi jahon amaliyotida keng tarqalgan. Bunday nomni qo’yilishiga sabab, uning ishchi kamerasining tuzilishi ko’proq yassi to’griburchakli metall (bunker) quduqni eslatadi. Ichki qismining eni tor joyiga qatorlab metall savatlar o’rnatilgan bo’ladi. Qishloq xo’jaligida ko’chmaydigan va ko’chadigan quduqchaga o’xshagan quritgichlar ham bor. Ularning ish unumdorligi 1 soatda 8,16 tonna bo’lib, donlarni yaxshi quritishi mumkin. Bundan tashqari, 1 soatda 2 tonna donni qurita oladigan quritgichlar ham mavjud. Don quritgichlarining barabanli turining ish unumdorligi 1 soatda 2 tonnadan to 8 tonnagacha etishi mumkin. Barabanli quritgichda aylanib turadigan g’ildirakka donni sepib, issiq havoni yo’naltirish orqali amalga oshiriladi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling