Mavzu №14. Don va don mahsulotlarini saqlash tarkibi va usullari
Download 0.54 Mb.
|
14-mavzu
. Don ekinlarining ko’pchiligi mezobiotik guruhga taalluqli bo’lib, qulay sharoit yaratilganda besh-o’n yilgacha saqlanadi. Masalan, bug’doy va javdar donlari qulay saqlash sharoitida etti-o’n yil saqlangandan keyin ham non tayyorlashdagi sifat ko’rsatkichlarn, un chiqarish miqdorini yo’qotmaydi va tegirmonda maydalash uchun ishlatiladi. Ayrim tashqi sharoit omillari, ya’ni havo haroratining tez o’zgarishi va mexanik ta’sirlar donning tezda buzilishiga olib keladi hamda dondan olinadigan mahsulot sifatining pasayishiga ta’sir etadi
Don uyumini quruq holatda saqlash. Don uyumini saqlash tartibi kseroanabioz qonun-qoidalariga asoslangan. Don uyumi turlari bo’yicha tang (kritik) namlikdan past holda saqlanganda don tarkibidagi barcha tirik tarkibiy qismlar anabiotik holda, boshqacha kilib aytganda, modda almashinish jaraenlari, nafas ochish va boshqa hamma fiziologik jaraenlar keskin pasayadi. Don uyumi bu usulda asralganda xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan hamma ko’rsatkichlari uzoq muddatgacha to’liq saqlanadi. Tashqi sharoit omillaridan yaxshi muhofaza qilinib, tozalanib saqlansa, donlarni omborlarda 4—5 yilgacha, xirmonlarni 2—3 yilgacha hech qanday qo’shimcha ishlov bermasdan saqlash mumkinligi isbotlangan
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling