Mavzu: 1946 – 1991-yillarda Sovet Ittifoqi. Urushdan keyin sssrda totalitar tuzumning kuchayishi


Avgust inqirozi. SSSRning tarqalishi


Download 21.2 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi21.2 Kb.
#194741
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sovet davlati

Avgust inqirozi. SSSRning tarqalishi. 1991-yil 19-avgustga o‘tar kechasi Favqulodda holat davlat komiteti (GKCHP) tuzilganligi to‘g‘risida e’lon qilinib, unga SSSRning vitse-prezidenti, bosh vaziri kabi yuqori lavozimli kishilar kirdi. GKCHP mamlakatning bir qator hududlarida favqulodda holat e’lon qildi, 1977-yilgi konstitutsiyaga xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hokimiyat tizimlari tarqatib yuborildi, muxolifatdagi partiya va harakatlar faoliyati to‘xtatildi, ommaviy axborot vositalari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi, Moskvaga qo‘shin kiritildi. GKCHPga qarshi harakatga demokratik kuchlar yetakchilik qil di.

Ular 19-avgust kuni Rossiya fuqarolariga murojaat qilib, GKCHP harakatlari g‘ayri konstitutsion to‘ntarish, uning qarorlari noqonuniy, deb e’lon qilin di. 19-avgust kuni minglab moskvaliklar Rossiya Oliy Soveti binosini himoya qilishga kirishdi. Tanklarda kelayotgan qo‘shinni to‘xtatishga harakat qilgan bir necha yoshlar halok bo‘ldi. 21-avgust kuni Rossiya Oliy Sovetining favqulodda sessiyasi ochildi. 22-avgust kuni GKCHP a’zolari qamoqqa olindi. Avgust voqealaridan keyin obro‘si tushib ketgan KPSSning faoliyati to‘xta tildi. Uning mulki natsionalizatsiya qilindi.

Avgust davlat to‘ntarishidan keyin barcha respublikalar birin-ketin o‘z mustaqil ligini e’lon qildi. 1991-yil 8-dekabr kuni Minsk shahrida Ros siya, Ukraina, Belorussiya rahbarlari 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qildi. Unga Gruziya, Latviya, Litva va Estoniyadan boshqa barcha sobiq sovet respubli kalari a’zo bo‘ldi. Shu tariqa SSSR tarqalib ketdi.
Syezd – tashkilotlar, partiyalar, aholining ma’lum guruhlar vakillarining yig‘ilishi, anjuman.

Plenum – biror tashkilotga saylangan rahbar organlari yoki sud a’zolarining yig‘ilishi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi.



Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan o‘z lavozimini, vakolatlarini suiiste’mol qilish yoki o‘z lavozimidan davlat va jamiyat manfaatlariga zid ravishda foydalanish, pora olish va be rish.
Download 21.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling