Mavzu: 1946 – 1991-yillarda Sovet Ittifoqi. Urushdan keyin sssrda totalitar tuzumning kuchayishi


Global inqiroz yo‘lida: SSSR 1964 – 1985-yillarda


Download 21.2 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi21.2 Kb.
#194741
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sovet davlati

Global inqiroz yo‘lida: SSSR 1964 – 1985-yillarda. Mamlakatdagi ahvol N. Xrushchyovning mavqeyini tushirdi. 1964-yili oktabrda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumi uni bir qator xato va kam-chiliklarda ayblab, lavozimlaridan ozod qildi. N. Xrushchyov o‘rniga KPSS MK Birinchi kotibi qilib Leonid Brejnev, SSSR Ministrlar Soveti Raisi etib Aleksey Kosigin saylandi. L. Brejnev hokimiyatda turgan yillar (1964 – 1982)ning dastlabki o‘n yili iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va jadal rivojlanish yillari bo‘ldi. Ammo 1970-yillarning ikkinchi yarmidan jamiyatda boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida «turg‘unlik» davri nomini olgan.

N. Xrushchyovdan farqli ravishda L. Brejnev o‘z hokimiyatidan juda ehtiyotkorlik bilan foydalandi. U murakkab muammoga duch kelganda yaxshisi hech narsa qilmaslikni ma’qul ko‘rardi. Unda boshqa larning «Iliqlik» davri yoshlari. xushomadiga, turli xil unvonlar va ordenlarni yig‘ishga moyillik kuchli edi. Uni maqtash, ulug‘lash jarayoni 1970-yillardan boshlandi va keyingi yillari borgan sari kulgili tus olib bordi.

Ayniqsa, uning tushunib bo‘lmaydigan nutqlari aholining keng qatlami orasida kulgi aralash nafrat, buyuk mamlakat uchun achinish va uyat hissini uyg‘otdi.

1980-yillarga SSSR jamiyatning chuqur inqirozi holatida kirib keldi. N.S. Xrushchyovning 1980-yillarda kommunizm qurish to‘g‘risidagi rejasi barbod bo‘lgan, odamlar endi kommunizm safsatasiga deyarli ishonmay qo‘ygan edi.

Shunday holatda 1982-yil 10-noyabrda L. Brejnev vafot etdi. Undan keyin hokimiyatga kelgan Yuriy Andropov va Konstantin Chernenko keksa, kasalmand kishilar bo‘lib, ularning hokimiyatga kelishi tugab borayotgan sovet tuzumining ramzi edi.

Qayta qurish. 1985-yil martda KPSS MK Plenumi Mixail Gorbachyovni Bosh kotib qilib sayladi. KPSS MKning 1985-yil aprel Plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish kursi yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi deb e’lon qilindi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, mashinasozlikni texnik qayta qurollantirish va inson omilini faollashtirish, ya’ni mehnat intizomini va ishchilarning tashabbuskorligini oshirish bu kursning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi sifatida qaraldi.

1987-yili M. Gorbachyov e’lon qilgan «qayta qurish», ijtimoiy hayot ni demokratizatsiyalash va «oshkoralik» siyosati ommaning siyosiy faolligini keskin oshirdi. Oshkoralik tufayli o‘zgarishlarning muhim omiliga, g‘oyalar va orzularning ifodachisiga aylangan matbuot jamiyatning ma’naviy ozod bo‘lishida, o‘tmishni va yuz berayotgan hodisalarni anglashida juda katta rol o‘ynadi. Ayni paytda, bu hodisalar sovet xalqlarining milliy o‘zlikni anglash, milliy mustaqillikka intilish jarayonini jadallashtirdi, SSSR ning tarqalib ketishini tezlashtirdi.




Download 21.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling